E’lonlar
E’lonlar
|
10/08/2022
Chop etish
Yoshlar akademiyasi “Ilm innovatsiya va taraqqiyot” videoroliklar ko‘rik-tanloviga start berilganini eʼlon qiladi.

“Ilm innovatsiya va taraqqiyot” videoroliklar ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi – yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 7-iyundagi 310-sonli qarorining 22-bandiga muvofiq, Yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

“Ilm innovatsiya va taraqqiyot” videoroliklar ko‘rik-tanloviga 16 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan  iqtidorli yoshlar tomonidan tayyorlagan videoroliklar  boʻyicha arizalar qabul qilinadi.

Tanlov NIZOMI

KOʻRIK-TANLOV  YOʻNALISHLARI

  1. Buyuk ajdodlar merosi
  2. Innovatsion texnologiyalar
  3. Eng kreativ animatsion rolik

Topshiriladigan videoroliklar shartlari:

Videoroliklar ijrochilarining yoshi 16 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmasligi;

Har  bir ishtirokchi  faqat bir yoʻnalishda, bitta videorolik bilan ishtirok etishi lozim;

Taqdim etiladigan videoroliklar uchun quyidagi talablar mavjud:

– davomiyligi eng kamida 1:30 dan 3:00 daqiqagacha davom etishi shart.

– formati mp4  (FullHD 1920*1080), (1080R), (albom) shaklda boʻlishi

lozim.

Shunday videoroliklar qabul qilinadi:

Bunday videoroliklar qabul qilinmaydi:

-ovoz va video sifati yuqori darajada boʻlishi kerak

Ko‘rik-tanlov doirasida videoroliklar boʻyicha arizalar 2022-yilning
30-sentyabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Bunda vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukni orqali ariza topshirishi lozim:

Taqdim etilgan videoroliklar ko‘rik-tanlov nizomi talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, videorolikda koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaganligi, belgilangan  yo‘nalishlarning biriga moslab shakllantirilganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.

Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan videoroliklar ko‘rik-tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali loyihalarni topshirish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha: (71) 203-32-23 Ichki raqam – (233).


Ulashish:
1 782
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...
Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar ochiqlik va shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda
Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hududida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etildi.