Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2023
Chop etish
“Xush durur bog‘u koinot guli, barchadin yaxshiroq hayot guli”

         Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetining      “Izlanish”  klubi  Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga  bag‘ishlab  “NAVOIY VORISLARI” tanlovini o‘tkazdi

Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar  o‘tkailaishi davom etmoqda. JDPU qoshidagi “Izlanish” klubi ham buyuk ma’rifat peshvosi hazrat Alisher Navoiy boqiy siymosiga ehtirom tarzida, serqirra adabiy ijodining o‘lmas namunalaridannbahramand bo‘lish, qolaversa, daho adibning hikmatlaridan ma’rifat olish maqsadida yod olingan “Navoiy vorislari” tanlovini tashkil etdi. Mazkur tanlov joriy yil, 19-fevral kuni universitet axborot resurs markazining   majlislar  zalida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Tanlovni “Izlanish” klubi rahbari ochib berdi.  Navoiyshunos olima, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Jizzax bo‘limi a’zosi Z. Mamadaliyeva “Alisher Navoiy  ijodini anglash  vorislarga munosib” mavzusida mazmunli ma’ruza qildi.

«Navoiy vorislari» adabiy-ma’rifiy bellashuvda ishtirokchilar uch shart asosida   o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon qildilar.

  «Navoiy nazm gulshani»  deb nomlangan birinchi shartida adibning durdona g‘azal, ruboiy va tuyuqlarini to‘xtamay davomiylikda ifodali o‘qish talab etildi.

  «Hikmatlar bo‘stoni» deb nom olgan navbatdagi shartida esa Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, “Hayrat ul abror” asarlaridan keltirilgan    ilm, ustoz, tilga muhabbat mavzulari doirasida keltirilgan mashhur hikmatlarini  so‘zlab berish bilan birga bugungi kunga yoshlar hayotiga bog‘lagan holda sharhlab berish ham ko‘zda tutildi.

          Uchinchi shart tanlov ishtirokchilariga emas, balki tomoshabin talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib,   “Navoiy – tafakkurimda, ijodimda” mavzusida kichik esse yoki maktub yozish talab etildi.

Tanlov ishtirokchilarining mahorati, bilim  va iqtidori jyuri a’zolari  tomonidan munosib va shaffof tarzda baholandi. Tanlov natijalarini e’lon qilarkan,   JDPU ARM xodimi Mahliyo  Bobonazarova ishtirokchi talabalarning Navoiy manzumalarini aruz vaznida ifodali o‘qilganiga ham e’tibor berganligini ta’kidladi. Shuningdek, ikkinchi shart bellashuvida hikmatlarni bugungi kunga bog‘lab sharhlashda  chiroyli nutq bilan yondasha olgan   ishtirokchilarni alohida e’tirof etdi.

Mazkur tanlov tadbirida O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashidan ham mehmon sifatida vakillar ishtirok etdilar. Jumladan,   xotin-qizlar faolligini oshirish masalalari bo‘yicha mutaxassis  Ra’no Yunusova

So‘z olib, uchunchi –   “Navoiy – tafakkurimda, ijodimda” mavzusida kichik esse yoki maktub yozish shartini bajargan talabalardan U.Nazarova, M.Beknazarova, D.Abdurashidova va Z.Axtamovalarni eng yaxshi maktub egasi nominatsiyaga munosib deb topdi.   O‘zMTDP ОАV bosh mutaxassisi Jamshid Mutalov  tanlovda ishtirok etgan talaba-qizlarni partiyaning tashakkurnoma va sovg‘alari bilan taqdirladi.

Tanlov tarzida o‘tgan ma’rifiy tadbir yakunida “Izlanish” klubi rahbari D.Salimova so‘z olib, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti iqtidorli talabalari Hilola Tilovova va Jo‘rabek Ergashevga  ushbu tadbirni o‘tkazish taklifini bergan va uni mazmunli tashkil etishda tashabbus ko‘rsatgan hamda tadbirni ko‘tarinki ruhda olib borganliklari hamda tanlovni tashkil etishda qo‘llab-quvvatlagani uchun JDPU ARM rahbariyati, MTDP Jizzax viloyati kengashi raisiga klub nomidan samimiy minnatdorchilik izhor qildi.

Shuningdek, tadbir boshlovchisi J.Ergashev klub qoshida “Navoiy vorislari” tanlovini   an’anaviy tarzda har yili o‘tkazish taklifini berdi.  Alisher Navoiy ijodidan bir qatra bo‘lsa ham ma’rifiy oziq olingan ushbu tadbir barcha tomoshabin va ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.


Ulashish:
3 012
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev boshchiligida o‘tkazildi.
JDPU talabalari Turkiyada qishki maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va mutaxassislari xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Turkiya davlatining nufuzli Necmettin Erbakan Universitida tashkil etilgan “Silk Road and Beyond – 2026”...
JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...