Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/10/2023
Chop etish
Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari masalalari (muammo va yechimlar)” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi tomonidan “Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari masalalari (muammo va yechimlar)” mavzusida sohada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning dolzarb muammolari, amaliyotda erishilgan yutuqlar va belgilangan vazifalarni globallashuv sharoitida chet tillarni o‘qitishning turli xil yondashuvlarini, bajarish mexanizmlarini, zamonaviy tendensiyalari masalalarini muhokama qilish maqsadida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Konferensiyada Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasidan Amerika taʼlim almashinuv dasturi aʼzolari, Buyuk Britaniyadan, Qozog‘istondan va Respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalaridan jumladan, Urganch davlat universiteti, Farg‘ona davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Milliy Universiteti, O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetidan sohaning yetuk olimlari, professorlar, pedagog-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar ishtirok etishdi.

Konferensiya ishini Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Botir To‘xtamishev ochib berdi. U o‘z nutqida har bir tilning millat taraqqiyotida tutgan o‘rni, o‘zbek tilining huquqiy maqomi, xorijiy  tillarini chuqur o‘rganish o‘quvchi-yoshlarning zamonaviy bilimga ega bo‘lishi va professional ko‘nikmalarni egallashining asosiy omili va sharti ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng mavzu yuzasidan Jizzax davlat pedagogika universiteti, Xorijiy tillar fakulteti dekani f.f.d. professor Abdug‘ofur Mamatov, Amerika taʼlim almashinuv dasturi o‘qituvchisi Holly Macfarlane, Buyuk Britaniyaning NILE instituti professor – o‘qituvchilari Phill Ball, Claudia Ferradas, Farg ʼona davlat universiteti dotsentlari D.Ganiyeva, F.Qosimov, Urganch davlat universiteti dotsenti G.Raximova hamda universitetimiz professor-o‘qituvchilari o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Konferensiya so‘ngida taqdim etilgan materiallar asosida Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy tendensiyalarini o‘rganish asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.


Ulashish:
908
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.