Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/07/2025
Chop etish
Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Buyuk Britaniyada ilmiy stajirovkada ishtirok etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakultetining uch nafar faol professor-o‘qituvchisi — G‘aniyeva Xayriniso Baxtiyorovna, Usmonova Umida Baxtiyorovna va Majidova Gulrux Qamariddinovalar 5 foizlik kvota asosida xorijda ilmiy stajirovka o‘tash tanlovida g‘olib deb topildilar.

Ushbu muvaffaqiyatli natijadan so‘ng, ular 2025-yil iyul oyida Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — East Anglia universitetiga 1 oylik ilmiy stajirovka dasturida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdilar.

Ilmiy stajirovka davomida o‘qituvchilar til o‘qitish metodikasi, xalqaro hamkorlik, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha tajriba orttiradilar. Bu esa nafaqat ularning shaxsiy ilmiy salohiyatini oshirish, balki universitetimizda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Ulashish:
3 206
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.