Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Xorijiy filologiya, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik masalalari”  respublika ilmiy-amaliy anjumani tafsilotlari

Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasida 2021 yil 23 fevral kuni “Xorijiy filologiya, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik masalalari” mavzusida professor Muxammadjon Xolbekov xotirasiga bag‘ishlab respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur ilmiy-amaliy anjuman qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik tarixi, adabiyotshunoslik va tarjimachilikning rivojlanish tamoyillari, tarjima stilistikasi va tanqidi, tahrir, badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, zamonaviy nasr va she’r tarjimasi muammolari, muallif uslubini qayta yaratish, o‘zbek adabiyoti namunalarini ingliz tiliga tarjima qilish, shuningdek, ingliz tilidan o‘zbek tiliga badiiy tarjimani amalga oshirish, xorijiy tillarni o‘rganish metodikasi va ta’lim tarbiya nazariyasi, ta’lim jarayoniga pedagogik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq dolzarb muammolar hamda bu borada erishilgan yutuqlar doirasida mutaxassislarning tajriba va fikr almashuvini ta’minlashga xizmat qildi. Anjumanning kutilgan maqsad taniqli professor, filolog, adabiyotshunos va mohir tarjimon Muhammadjon Xolbekov xotirasini yodga olish. Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari, yechimini kutayotgan tadqiqotlar, badiiy tarjima ikoniyalaridan foydalanishning bugungi kundagi vaziyati, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning uzviyligini ta’minlash, xorijiy tillarni o‘rganish metodikasi va ta’lim tarbiya nazariyasi, ta’lim jarayoniga pedagogik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish manbalarini o‘rganish va targ‘ib etish masalalarini yoritish bo‘ldi. Anjumanda quyidagi muammolar muhokama qilindi:
  • Adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarjimashunoslik tarixining rivojlanish tamoyillari;
  • Zamonaviy nasr va she’riy tarjima muammolari;
  • Madaniyatlararo muloqot va badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari;
  • Xorijiy tillarni o‘rganish metodikasi va ta’lim tarbiya nazariyasi;
  • Ta’lim jarayoniga pedagogik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish.
Anjumanni dastlab Jizzax davlat pedagogika instituti ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha prorektor G‘. Qodirov ochib berdi. Co‘ngra Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Tuxtasinov Ilxom Madaminovich taniqli professor, filolog, adabiyotshunos va mohir tarjimon Muhammadjon Xolbekov xotirasiga bag‘ishlab nutq so‘zladi. Shundan so‘ng anjumanning yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yalpi majlisda  Mamatov Abdug‘ofur Eshonqulovich – Jizzax davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori Chet tillar fakulteti dekani “Badiiy tarjimalarda frazeologik birlikning ifodalanishi”, Safarov Shaxriyor Safarovich – Samarqand davlat chet tillar fakulteti professori, filologiya fanlari doktori “Fanlar integratsiyasi va tilshunoslik”, Axmedshina Faniya Avzalovna – Jizzax davlat pedagogika instituti professori, tarix fanlari doktori “Istoriya zarojdeniya perevodcheskoy deyatelnosti”, Xayrulla Xudoyorovich Hamidov – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori “Badiiy tarjimada taqlid so‘zlarning berilishi (“Dunѐning ishlari” asarining turkcha tarjimasi misolida)”, Usmonjon Qosimov – Jizzax davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori “Badiiy til polifoniyasi”, Qarshiboeva Uljon Davirovna – Samarqand davlat chet tillar instituti professori, filologiya fanlari doktori “Adabiѐtshunos olim professor M.Xolbekov: mening dorilfununlarim”, Sharipov Rustam Xusniddinovich – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi “Tarjimon mahoratiga doir ayrim mulohazalar”, Pardaeva Zulfiya Juraevna – Jizzax davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori “Xudojestvennыe modeli mira v tvorchestve Chingiza Aytmatova”, Isarov Omon Risalievich – Jizzax davlat pedagogika instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi “Makrokategoriyalar nazariyasi” mavzularida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Yalpi majlis nixoyasiga yetgach, anjuman mavzusi bo‘yicha 5 ta shubada yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda maqolalari bilan ishtirok etayotgan Respublikadagi tilshunos o‘qituvchilar o‘z mavzulari yuzasidan zoom platformasi orqali chiqish qildilar.