Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/06/2020
Chop etish
Vazir: Masofadan o‘qiy olmagan talabalar uchun yoz oylarida darslar tashkillashtiriladi

Karantin davrida OTMlar talabalari uchun masofaviy tarzda tashkil etilgan ta’limda ishtirok eta olmagan talabalar uchun yoz oylarida alohida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov mazkur jarayon qanday tashkil etilishini izohladi.

«Iyun oyi oxirida barcha OTMlarda o‘quv jarayonlari yakunlanadi. Hozirda masofaviy ta’limda ishtirok eta olmagan talabalar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Iyul-avgust oylarida ular uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinadi.

Talaba «yashil» hududda bo‘lsa, OTMga chaqirtirilib joylashtiriladi, pedagoglar tomonidan tarqoq holda darslar o‘tiladi.

Talaba «qizil» zonada bo‘lsa, universitet yoki tumandagi kollejlar orqali kompyuterdan foydalanish, internetga kirish uchun imkoniyat yaratib beriladi. Ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, masofaviy tarzda mashg‘ulotlar olib boriladi», – dedi Majidov.

Vazir talabalar turar joylarining foydalanilmagan davri uchun to‘lov masalasiga ham to‘xtaldi.

«Talabalar turar joyidan karantin davrida foydalanilmagani bois shu davr uchun qilingan to‘lov qaytarib beriladi. Agar talaba keyingi o‘quv yilida ham talabalar turar joyida yashashni istasa, yashalmagan davr uchun mablag‘ni keyingi yilga o‘tkazib yuborishi ham mumkin», – dedi u.

 


Ulashish:
1 096
Boshqa rubrikalarda mashhur

Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrifda universitetning professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkilotining yetakchilari ishtirok etdi. Ma’rifiy safar talaba-yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini...
JDPUda Sejong universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro IT va madaniyat dasturiga start berildi
Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universitetidan tashrif buyurgan 23 nafar talaba hamda professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya ishtirokida “WFK IT Ko‘ngillilar Guruhi Dasturi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.