Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Gender tengligi
Gender tengligi
|
27/11/2025
Chop etish
“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” – Filologiya fakultetida davra suhbat o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 2-kurs talaba-qizlari ishtirokida “Biz yoshlar zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudining sudyasi L. Xalitova, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z. Kasimova hamda fakultet dekan maslahatchisi M. Umarqulova so‘zga chiqib, zamonaviy axborot makonida uchrayotgan kiberbosim, raqamli shantaj, shaxsga oid ma’lumotlarni tarqatish, feyk sahifalar va onlayn bezorilik kabi holatlar oqibatlari hamda ularga qarshi huquqiy choralar haqida ma’lumot berdi.

Suhbat davomida talabalarga oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq nizolarni fuqarolik sudida qanday ko‘rilishi, nikohni bekor qilish jarayoni, da’vo arizasi topshirish tartibi va ajrim chog‘ida bolalar huquqlarining himoyasi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. Sud amaliyoti misolida ota-ona majburiyatlari va bolalar manfaatining ustuvorligi atroflicha yoritildi.

Shuningdek, talaba-qizlar raqamli makonda o‘zini himoya qilish, xavfli kontent va onlayn zo‘ravonlikka duch kelganda qanday chora ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar oldi. Tadbirda mavzuga doir videoroliklar namoyish qilinib, savol-javob va ochiq muloqot shaklida fikr almashildi.


Ulashish:
1 040
Boshqa rubrikalarda mashhur

 “Men kelajagimga befarq emasman” psixologik aksiyasi o‘tkazildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan Narkoprofilaktika oyligi doirasida “Men kelajagimga befarq emasman” nomli psixologik aksiya tashkil etildi.
“Kitobxon talaba – 4”: nufuzli asarlar bilimdonlarni saraladi.
Universitetda “Kitobxon talaba” tanlovining 4-mavsumi Yoshlar yetakchilari boshchiligida yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlov bu gal adabiyot ixlosmandlari uchun dolzarb va mazmunan chuqur bo‘lgan asarlar asosida...
“Bitiruvchi – 2026”: Ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va ishga taqsimot.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida “Bitiruvchi – 2026” mavzusida ish beruvchilar bilan uchrashuv hamda yakuniy ishga taqsimot tadbiri tashkil etildi.