Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
darslar 2021-2022
darslar 2021-2022
|
10/02/2022
Chop etish
“Zaryadlangan zarralarning elektr maydondagi harakati. Zaryadlangan zarralarning magnit maydondagi harakati. Xoll effekti” mavzusida ochiq amaliy dars o’tkazildi

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga va xalqimizga qilgan murojaatnomasida fizika va chet tillarini oʻrganishni ustuvor yoʻnalish etib belgilab berdilar. Bularning barchasi bekorga emas, chunki fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib boʻlmaydi.

Shu munosabat bilan Jizzax davlat pedagoika instituti  “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi Ergashev Jamshid “Umumiy fizika” fanidan “Zaryadlangan zarralarning elektr maydondagi harakati. Zaryadlangan zarralarning magnit maydondagi harakati. Xoll effekti” mavzusida ochiq amaliy dars o’tkazildi.

Amaliy darsini o‘tishda o’qituvchi Ergashev Jamshid mavjud imkoniyatlardan keng foydalangan holda  dars jarayonini tashkil eta oldi va  auditoriyani to‘la o‘ziga jalb eta oldi. Ochiq  darsda talabalar bilan yaxshi ishlagani, mavzuni tushintirishda qiziqarli savol – javoblardan  va masalalardan foydalangani, hamda mavzuni tushunarli va ravon tushuntirib bera olganini ham ochiq dars qiziqarli va mazmuni tashkil etilganidan dalolat beradi.


Ulashish:
865
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari Buxoroda o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada yuqori natijalarga erishdi.
Joriy yilning 26-28-yanvar kunlari Buxoro shahrida “Buxoro xalqaro kimyo olimpiadasi – 2026” hamda “Buxoro xalqaro matematika olimpiadasi – 2026” xalqaro olimpiadalari bo‘lib o‘tdi.
Aniq fanlar fakulteti talabalari xalqaro IT sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Universitetning Aniq fanlar fakultetida tahsil olayotgan 23 nafar iqtidorli talaba Universitet rektorining 2025-yil 20-oktabrdagi 327-U sonli buyrug‘iga asosan Viloyat IT parkida “Bir million dasturchi” loyihasi...
PORA OLISH – JAZOSI MUQARRAR JINOYAT!
Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan xavfli illat hisoblanadi. Xususan, pora olish jinoyati davlat boshqaruvi tizimiga putur yetkazib, fuqarolarning...