Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/04/2022
Chop etish
“Zamonaviy biologik ta’limni rivojlantirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasi”

Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan respublika ilmiy amaliy konferensiya ana shunday nomlandi

Konferensiyaga O‘zRFA Botanika instituti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi  K.Sh.Tojibaev “O‘zbekiston florasi va uning to‘r tizimli xaritalarini yaratish istiqbollari (grid mapping).” mavzusi bilan, Namangan davlat universiteti biologiya fanlar doktori A.R. Batoshov “Nurota qoldiq tog‘lari florasi va ularning elektron ma’lumotlar bazasi” mavzusi bilan ishtirok etdi. Konferensiya biologiya fanini yanada rivojlantirish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro manfaatli hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularni ish o‘rinlari bilan ta’minlash jarayonida ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqalarni kuchaytirish, yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish, unga xissa qo‘shish maqsadida tashkil qilindi.

Konferensiyada  Jizzax davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori A.T Xolmatov, O‘zbekiston ekologik partiyasining Jizzax viloyati ekologik kengashi raisi A.X. Raxmonqulov, Zomin davlat qo‘riqxonasining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.A. Turatov, Zomin milliy tabiat bog‘ining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.H.Xazratqulov, Zomin milliy tabiat bog‘ining katta ilmiy xodimi S.Barakaev,  Namangan davlat universiteti tayanch doktorantlari R.K.G‘ulomov, X.R. Xoshimov, Toshkent davlat agrar universiteti magistranti Z.A.Raximjonovalar biologiyaning global muammolari bo‘yicha ma’ruza qilishdi. Konferensiyada biologiya yo‘nalishining bakalavriat  va 1-2- bosqich magistrlari, tayanch doktorantlari faol ishtirok etdishdi.


Ulashish:
1 241
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.