Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/11/2025
Chop etish
Yoshlik, ilhom va kreativ g‘oyalar bayrami-JDPUda “Talabalar festivali”.

Jizzax davlat pedagogika universitetida an’anaviy “Talabalar festivali” bu gal mutlaqo o‘ziga xos tarzda, kreativ g‘oyalar va yoshlik zavqi bilan o‘tdi.

Tadbir tashkil etilgan madaniyat saroyiga qadam qo‘ygan har bir inson bayramona kayfiyat, talabalik zavqi va san’at maydoniga aylangan sahnani his qildi.

Tantanali ochilish marosimi universitet rektori, professor Maqsudjon Yuldashevning samimiy tabrik so‘zi bilan boshlandi. Rektorning nutqi festivalning mazmun-mohiyatini yanada ochib berdi: “Bu festival — sizlarning jasorat, talant va tashabbusingizning bayrami. Sizlar kelajak me’morlari, yurt tayanchi, ziyoli avlodning munosib davomchisisiz. Bugun siz yaratgan har bir yangilik, qilgan har bir qadam — yurtimizning ertasiga qo‘shilgan ulkan hissadir.” universitet rektorining ushbu so‘zlari talabalarni ilhomlantirdi, festivalga ruhiy kuch berdi.

Iqtidorlar sahnasi: g‘oliblar, faollar va ijodkorlar e’tirof etildi.

Festival davomida universitetda faol bo‘lgan jami 30 nafar sportchilar, ijodkor yoshlar, stipendiantlar, xalqaro va respublika ko‘rik tanlovlarida g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi. Rektor Maqsudjon Yuldashev kitobxonlik tanlovi hamda universitetdagi rag‘batlantirish tizimi doimiy ravishda davom etishini ma’lum qildi. Talabalar faqat faxriy yorliq bilan emas, qo‘shimcha pul mukofoti — yana bir oylik stipendiya miqdorida rag‘batlantirilishi ta’kidlandi.Bunday xushxabar talaba yoshlarni behad quvontirdi.

Xorijlik mehmon Purna Kumar Shrestha : “O‘qituvchi ekanimdan faxrlanaman”

Festivalda ishtirok etgan xorijlik mehmon, asli Nepallik va Buyuk Britaniya fuqarosi Purna Kumar Shrestha o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi. U talabalikning ma’naviy va axloqiy qudratini alohida e’tirof etdi:“Talaba — bu o‘z kelajagini, orzularini va millat taqdirini qurib beradigan yo‘lovchi. Uning intilishi, mehnati va izlanishi — haqiqiy g‘alabaning asosiy manbaidir.”

51 yoshda ekanligini tilga olib, Purna Kumar Shrestha shunday dedi: “Mening yoshimga qaramay, ko‘plar meni yosh ko‘radi. Men esa faxr bilan shunday deyman: ‘Men o‘qituvchiman, shuning uchun navqironman’.”

Uning so‘zlari talabalarga motivatsiya bo‘lib xizmat qildi va festivalga yanada ruh va energiya bag‘ishladi.

Festivalning musiqiy qalbi-Ulug‘bek Yo‘lchiyev va talba yoshlar bo‘ldi.

Festival avjini esa mashhur xonanda Ulug‘bek Yo‘lchiyevning jonli ijrosi tashkil etdi. Uning dilbar qo‘shiqlari talabalarni bir tana, bir yurakka aylantirdi. Sho‘x raqslar, yoshlik zavqi, ijodiy ruh sahnani yanada gullab-yashnattirdi.

Talabalarning raqsga tushib, dildan yayragani festivalga ko‘rk bag‘ishladi. Buni ko‘rganlar “Ana raqs-u! Mana raqs!” deyishdi. Festival chindan qizidi, uning har bir daqiqasi yodda qolarli bo‘ldi.

Kelmagan talabalar esa shubhasiz bu bayramni eshitib, keyingi tadbirlarga yanada qiziqish bilan kelishlariga ishonamiz.

JDPUdagi festival — ta’limdan tashqari tarbiyaning ham yuksak namunasi

Bugun universitetda yoshlik, ijod, birdamlik, bilim va san’at yanada yuksalgan kun bo‘ldi.

Bunday tadbirlar nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki ma’naviy-axloqiy muhitni ham boyitib, talabalarning o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.

Talabalarimiz universitetning, viloyatning va yurtimizning faxrli va iqtidorli avlodi ekanliklarini yana bir bor namoyish etdilar.


Ulashish:
857
Boshqa rubrikalarda mashhur

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim talablariga mos ilmiy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan dolzarb masalalarni...
JDPUda pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlarining navbatdagi bosqichi yakunlandi.
Mashhur ekspert-trener, professor Ishmuhammedov Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida o‘tkazilgan uch kunlik seminarlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar tinglovchilarga sodda va ta’sirchan usullarda yetkazildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun TOP–300 OTMlar tajribasiga asoslangan o‘quv seminari davom etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun dunyoning TOP–300 oliy ta’lim muassasalari tajribasiga asoslangan o‘quv seminari o‘z ishini davom ettirmoqda.