Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/03/2026
Chop etish
“Yoshlik fasli” milliy liboslar namoyishi doirasida universitet malikası aniqlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida bayram tantanalari doirasida yoshlarni milliy va madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy meros va an’analarga hurmatni oshirish maqsadida “Yoshlik fasli” milliy liboslar namoyishi haftaligi tashkil etildi.

2–7 mart kunlari davomida o‘tkazilgan tanlovning universitet bosqichida ishtirokchilar bir necha shartlar asosida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Jumladan, tanlov tanishtiruv (vizitka), intellektual savol-javob, erkin mavzu, “Zamonaviy yetakchi qiz” loyihasi taqdimoti hamda milliy libos namoyishi kabi bosqichlardan iborat bo‘ldi.

Har bir shartda ishtirokchilarning ijodkorligi, bilim darajasi, sahna madaniyati hamda tashabbuskorligi baholandi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi universitet malikasi deb e’tirof etildi.

Mazkur tadbir talaba-qizlarning iste’dod va intellektual salohiyatini namoyon etish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda yoshlarning ijodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.


Ulashish:
1 722
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.