Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/04/2023
Chop etish
Yoshlar kengashi a’zolari va fakultet koordinatorlari uchun o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi. 

Ikki kun davom etgan o‘quv seminarida  Jizzax davlat pedagogika univeristeti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar Kengashi a’zolari fakultet koordinatorlari ishtirok etdi.

Oliy ta’lim muassasida talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlarni tashabbuslarini amalga oshirish ishlarini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminarini universitet Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor (v.v.b) F.Akchaev ochib berdi.

U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’Iim, fan va innovatsiyalar vazirligi qo‘shma qarori hamda va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining xatida belgilangan vazifalarga to‘xtalib, bugungi seminar qatnashchilardan o‘z vazifasiga sidqidildan yondoshishni, tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishlari lozimligini ta’kidladi.

Kun davomida rejalashtirilgan seminar-treningda ishtirokchilar malakali mutaxassilar, media-trenerlar va psixologlar tomonidan  Liderlik qobiliyatlarni shakllantirish, Talabalarning psixologik portretini yaratish , Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etishning ustuvor yo’nalishlari, Jamoalarda ishlash, Vaqt menejmentini to’g’ri taqsimlash, undan samarali foydalanish hamda muammolar yechimini maqsadli yo’naltirish, Ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalish, Media savodxonlikni oshirish, Talabalarni madaniy ma’rifiy tadbirlarga jalb etish mavzularida dasrlar o‘tishdi.

O‘ziga xos noan’anaviy usulda bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarining mavzu doirasida o‘zlarining prezentatsiyalarini namoyish etishdi.


Ulashish:
1 125
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.