Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/05/2021
Chop etish
Yaxshilarning shirin so‘zi, mehri bilan shifo toping…

(Jizzax davlat pedagogika instituti rektori respublika ixitsoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filialida bo‘ldi )

1 iyun juda  ko‘pchilik mamlakatlarda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kun munosabati bilan A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogka instituti rektori Sh.Sharipov respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialiga tashrif buyurdi. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 70 o‘rinli statsionar, 50 ambulator qatnovga mo‘ljallangan.

1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti  “Biz siz bilan doimo birgamiz” shiori ostida  markazda davolanyotgan bemor bolalar holidan xabar olishdi. Ko‘ngil olish, dalda bo‘lish  niyatida tashkillashtirlgan  uchrashuv,  haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Niyat ham shu edi aslida. Dastlab Institut rektori boshchiligida bemorlar davolanayotgan xonalarga kirildi. Shundan so‘ng shu markazda davolanyotgan bemor bolalar uchun kichik badiiy dastur namoyish etildi. Dastur davomida bemor bolajonlarning har biriga bayram munosabati bilan sovg‘alar ulashildi.

Bizning kelajagimiz, boshlagan ezgu ishlarimizning davomchilari, ko‘zimizning nuri,  qalbimiz sururi bo‘lmish bolajonlar  bilan hayotimiz obod, ko‘nglimiz charog‘on. Shu sababli ham ularning  baxtli bo‘lishlari uchun hamma narsamizni berishga tayyormiz. Ayniqsa, mana shu kunda mehru muhabbatimiz yanada oshadi.

Farzandining saodati va baxtiyor damlarini mudom ko‘rib yashash har bir ota onaning eng buyuk orzusi, uning sog‘lom voyaga yetishi esa umrining asosiy mazmunidir.

Sh. Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi Dilnoza Norqo‘zieva bugun bemor farzandi bilan birga…  2 yoshli qizi Elnorada bu kasallik alomatlari paydo bo‘lganini sezishganida u hali murg‘akkina go‘dak edi. Bolasiga imkon bo‘lsa jonini berishga-da tayyor Dilnozaning qalbida o‘y-xayollarida “bolam  shifo topsin” degan niyat bor. Dilnozaning jigargo‘shasi Elnora qatori bu dargohda davolanyotgan bemor bolajonlar uchun bugungi tashrif ishonch va umid berdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

 

 

 

“bugungi tadbir men uchun quvonchli kunlarimdan biriga aylandi. Farzandim kulgan kun men uchun eng ajoyib kun. E’tibordan ko‘nglim ko‘tarildi. Men qatori umid bilan bolalarini shifo topishini istayotgan ota-onalarga aytilayotgan har bir tilak, shirin so‘z dalda, malham va madad bo‘ldi” – deydi Dilnoza Norqo‘zieva

Darhaqiqat dunyoda bola kulgisi-yu sho‘x-shodon qiyqirig‘idan-da beg‘ubor narsa bo‘lmasa kerak. Osmon misol musaffo, tim qora ko‘zlarini sizga qadagancha, tabassum bilan kuyga hamohang raqsga tushayotgan, jajji qo‘lchalari bilan  qarsak chalayotgan, murg‘ak qalbi bilan mushohada qilishga urinayotgan, qo‘lidagi sovg‘alarga bolalarcha hayrat bilan boqayotgan bolajonlar nurli chehrasiga ko‘zingiz tushganda hayot tashvishlarini unutasiz. Ulardagi beg‘uborlik, soflik sizga ham ko‘chadi…

“Biz siz bilan doimo birgamiz” shiori ostida Yaxshilik ulashish niyatida tashkillashtirilgan kichik dastur  barchaga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Buni  samimiy tabassum bilan o‘z minnatdorchiligini bildirayotgan bolakaylar nigohidan sezish mumkin. Umid qilamiz, bu kichkintoylar yaxshilarning shirin so‘zi  va mehri bilan  shifo topadi…

Gulchehra Sharipova

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
888
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.