Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/03/2023
Chop etish
Yangilanayotgan Konstitutsiya chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi

Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ana shunday nomlandi.

Xabaringiz bor Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda, Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘paymoqda, ya’ni amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanmoqda.

Universitet professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlarning har biri bo‘yicha alohida-alohida to‘xtalib o‘tildi. Ta’kidlash joiz umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan, takliflarning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olgan. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangilanayotgan Konstitutsiya tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganligi e’tirof etishdi.

 

Aytish joizki Yangilangan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha yo‘nalishlarini kompleks tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida eng muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar tomonidan mavzu doirasida savollar berildi. Barcha savollarga imkon qadar sodda va tushunarli tarzda javoblar berildi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati, «Yuksalish» umummilliy harakti viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Husan Abduniyozov  Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati, JDPU professori Akbar Saitqosimovlar ishtirok etishdi.


Ulashish:
871
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.