Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/08/2026
Chop etish
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda

Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks o‘rganilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari universitetning Bo‘ston shaharchasida joylashgan sirtqi ta’lim bo‘limi binosida o‘tkazildi. Universitet rahbari va mas’ullar tomonidan o‘quv xonalari, binolarning umumiy holati, talabalar turar joyi hamda ma’naviyat-ma’rifat xonalari ko‘zdan kechirildi.

 

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchilik va takliflar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berilib, ularni joyida bartaraf etish choralari belgilandi.


Ulashish:
1 068
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.