Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/01/2022
Chop etish
YANGI DAVR ADABIYOTLARINI YARATISH DAVR TALABI

O‘zbekiston ta’limi yangi davrga kirib keldi. 2020-2021 o‘quv yilida eksperiment sifatida kredit-modul ta’limi respublikaning ba’zi oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirildi. 2021-2022 o‘quv yilida esa barcha oliy o‘quv yurtlari ta’limning kredit-modul tizimiga o‘tdi. Yetuk mutaxassislar tomonidan kredit-modul ta’limining nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi. Jamiyatning sohalar bo‘yicha bilimdon, malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji muammolari, o‘ylaymiz-ki, yaqin yillarda o‘zining ijobiy yechimini topsa, ajab emas.
Bugungi kunda oliy ta’limga kredit-modul tizimini joriy etish, fan sohasini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish va o‘zlashtirish uchun talabalar mustaqil ta’lim shakllarini rivojlantirish, amaliyotga tadbiq etish birinchi navbatda fan o‘qituvchisidan yuksak bilim, ijodiy yondashuv, professional malakani taqozo etadi. Demak-ki, kredit-modul ta’limni amalga oshirish uchun yangi o‘quv adabiyotlarini ham yaratish lozim bo‘ladi.
Shu ma’noda rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi professori v.b. filologiya fanlari doktori Zulfiya Jo‘raevna Pardaeva tomonidan rus tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari uchun kredit-modul ta’limi talablari asosida tayyorlangan “Osnovi literaturovedeniya” fanidan elektron o‘quv qo‘llanmada har bir mavzu yuzasidan reja, tayanch so‘z va iboralar, glossariy, savol va topshiriqlar, bahs uchun aniq manbalar, taqdimotlar tayyorlangan va taqdim etilgan.


Talabalar elektron qo‘llanmadan foydalanish uchun “Google play” do‘konidan qidiruv oynasiga “Osnovi literaturovedeniya” fan nomini yozishi yoki quyidagi https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.creators.funtliterary.funtliterary havola orqali o‘tib ilovani o‘rnatib ishga tushirishlari mumkin. O‘quv qo‘llanma ochilganda talabaga asosiy oynada “Kategoriyalar” oynasi ochilib, unda “Leksiyalar”, “Seminarlar”, “Glossariylar”, “Prezentatsiyalar” kategoriyalar mavjud bo‘lib, ulardan birini tanlab keltirilgan ma’lumotlardan o‘qib o‘rganishi mumkin bo‘ladi.
Ko‘rsatib o‘tish joiz, elektron qo‘llanmada yo‘nalish bo‘yicha o‘quv reja, fan bo‘yicha o‘quv dastur taqdim etilgan. Har bir mavzu yuzasidan internet manbalar adreslari va havolalari keltirilgan.
“Osnovi literaturovedeniya” elektron o‘quv qo‘llanmasi kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ta’limini tashkil qilishga asoslangan.


Ulashish:
2 158
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...
30 nafar mentorning mualliflik taqdimot-darslari maxsus komissiya tomonidan baholandi.
O‘tgan galgi uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlari doirasida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida tashkil etilgan 3 kunlik seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar orasidan saralab olingan 30 nafar mentor o‘zlarining mualliflik...
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi uzluksiz kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun har shanba kuni o‘tkazilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasida “Bilim va o‘zlashtirishni baholash uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish...