Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/03/2026
Chop etish
Xotin-qizlar maslahatchilarining kasbiy kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi. Trening universitet mutaxassisi X.Z. Odiljonova tomonidan olib borilib, maslahatchilarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, ularning psixologik hamda pedagogik bilimlarini boyitishga qaratildi.

Seminar-trening davomida talaba-qizlarning psixologik holatini aniqlashga xizmat qiluvchi diagnostik metodlar, muammoli vaziyatlarni erta aniqlash hamda ularga tezkor psixologik yordam ko‘rsatish mexanizmlari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, jamoaviy hamkorlik, o‘zaro ishonch va samarali muloqotni rivojlantirish, real vaziyatlar asosida maslahat berish jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.


Ulashish:
1 205
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.