Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
16/08/2025
Chop etish
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy imtihonlar o‘tkazildi.
12-avgust kuni 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.

Imtihonda 29 nafar abituriyentdan 26 nafari ishtirok etdi. Jarayonni adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida 20 nafardan ortiq mutaxassislar jalb qilindi.Imtihon davomida barcha mutaxassislar, abituriyentlar, talabalar va qabul komissiyasi a’zolariga korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, bunday holatlarni kuzatgan taqdirda esa darhol universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga yoki tegishli davlat organlariga murojaat qilishlari kerakligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsiya yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini sodir etgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida qat’iy ogohlantirildi. Hozirgacha imtihon jarayonida yoki undan keyin bunday holatlar yuzasidan Bo‘limga hech qanday murojaatlar kelib tushmagan.


Ulashish:
3 942
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar va sprot masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida...
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida u talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faolligini yanada oshirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.