Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/10/2024
Chop etish
Xorijiy nashrlar Jizzax davlat pedagogika universiteti 50 yillik faoliyatiga nazar solmoqda
Ozarbayjon Respublikasining bir qator nashrlari Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yillik tantanalari arafasida oliygohning faoliyatiga bag‘ishlab bir qator maqolalar chop etdi. Xususan, mamlakatdagi eng katta obunachilarga ega “Xalq qezeti” nashri “Ozarbayjon – O‘zbekiston ittifoqining g‘oyaviy asoslari” sarlavhali maqolada ikki davlat hamkorligi va bu hamkorlikni rivojlantirishning muhim omillaridan biri ilm-fan, ta’limni birgalikda rivojlantirishga qaratilgani bilan izohlaydi. 

Maqolada shu kunlarda Ozarbayjon Respublikasiga do‘st va qardosh mamlakatlardan biri O‘zbekiston Respublikasining Jizzax viloyatida Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘zining  50 yillik tantanalarini nishonlayotgani xususida so‘z yuritilgan. “O‘zbekistondagi bu ta’lim muassasasi hududdagi eng yaxshi ilmiy-tadqiqot markazlaridan biri hisoblanadi. Universitet o‘zining yarim asrlik faoliyati davomida respublikada ko‘plab pedagog kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda yuzlab ilmiy-tadqiqot natijalari bilan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda”, – deb yozadi muallif, Ozarboyjon davlat pedagogika universiteti professori Mahire Huseynova.

Shuningdek, “Kredo” nashri Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilarining jonkuyarliklari hamda bugungi kunda pedagog-kadrlar tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasida tutgan o‘rni haqida fikr yuritadi. Maqolada Jizzax davlat pedagogka universiteti o‘zining 50 yillik faoliyati davomida nafaqat Respublikada, balki xorijda ham turli sohalarda faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar va ustozlarni yetishtirib berayotgani alohida ta’kidlab o‘tilgan. “Universitet muallimlari millat farzandlarini kamolga yetishtirishda qalb qo‘rini, ko‘z nurini berib, xalq farzandlariga xizmat qilmoqda. Jizzax davlat pedagogika universitetiga buyuk yozuvchi jadidlardan Abdulla Qodiriyning nomi berilgani bejizga emas. Uning siymosi millat tarbiyasida jon koyitayotgan ustozlarni ruhlantiradi”, – deya fikr bildiriladi.

Ozarbayjon Respublikasining yana bir nufuzli “Iki sahil” nashri universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyatida so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari, tarixi, iqtidorli talaba-yoshlari va Ozarbayjon Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berdi.

Mamlakatning bosma nashrlardan tashqari elektron nashrlarida ham Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yillik shodiyonlariga e’tibor qaratildi. Jumladan, xalqqazeti.az saytida “Oliy o‘quv yurtilari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama etildi” sarlavhali maqolada Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari mustahkamlanib borayotgani, ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot faoliyati o‘zaro tajribada rivojlanayotganini ta’kidlab o‘tadi. Shuningdek, maqola muallifi Ozarbayjon Respublikasida tashrif buyurgan olimlar va universitet mas’ul rahbarlarining Jizzax davlat pedagogika universiteti bilan bugungi va kelgusidagi hamkorlik aloqalari haqida ma’lumotlar berib o‘tadi.

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Ta’limni rivojlantirish strategiyasi – qadriyatlarga asoslangan taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya tafsilotlari ham Ozarbayjon elektron nashrlarida chop etildi. Maqolada xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yuqori saviyada tashkil etilgani va bu kabi tadbirlar ikki davlat aloqalarini rivojlantirishga, universitetlarning ilm-fan sohasidagi hamkorligini oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlanadi.

Abror Hayitov
«Ziyo chashmasi» gazetasi muxbiri

Ulashish:
743
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.