E’lonlar
E’lonlar
|
22/09/2025
Chop etish
Xorijdagi vatandosh yoshlar uchun davlat granti!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishiga muvofiq, xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh yoshlar uchun o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida tahsil olishlari uchun 30 ta davlat granti ajratildi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida nomzodning o‘zi, ota-onasi yoki yaqin qarindoshi;

  • Etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;

  • O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan shaxs;

  • Davlat komissiyasi tasdiqlagan bakalavriat yo‘nalishlaridan biriga hujjat topshirib, suhbat natijasida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;

  • 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;

  • O‘zbek tilini bilishi.

Imtihon tartibi:

  • Kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud yo‘nalishlarda — tanlangan oliy ta’lim muassasasi tomonidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi.

  • Boshqa yo‘nalishlarda — Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

Muhim sanalar:

  • Arizalarni topshirish muddati: 2025-yil 10-oktyabrgacha.

  • Nomzodlar ro‘yxatini Vazirlikka taqdim etish muddati: 2025-yil 15-oktyabrgacha.

Natijalar maxsus tanlov asosida aniqlanadi va ballar ketma-ketligi bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan talabgorlar davlat granti sohibi bo‘ladilar.


Ulashish:
1 405
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.