Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/09/2025
Chop etish
Xon atlas — milliy merosimiz gavhari.

Atlas so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, “silliq”, “yumshoq” ma’nolarini anglatadi. Xon atlas esa asrlar davomida Sharqda, ayniqsa, O‘rta Osiyo hunarmandchiligining yuksak namunasi sifatida yuksalgan.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, atlas matosini to‘qish san’ati XVI asrlarda Farg‘ona vodiysida shakllana boshlagan. XIX asrga kelib esa Qo‘qon xonligi davrida u yanada keng tarqalgan va “xon atlas” deb nom ola boshlagan. Shu boisdan ham uning nomi xalq orasida abadiy saqlanib qolgan.

 

Xon atlas nafaqat ayollar, balki jamiyatning barcha qatlamlari uchun milliy liboslarda ishlatilgan. U orqali nafosat, yuksak madaniyat va o‘zlik ifodalangan.

“Atlas sayli” – talabalar uchun ma’naviy va madaniy saboq.

Universitet “Professorlar bog‘i”da o‘tkazilgan “Xon atlas sayli” talabalar uchun nafaqat ko‘ngilochar tadbir, balki katta ma’naviy ahamiyatga ega desak xato qilmagan bo‘lamiz. Milliy meros bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan Xon atlas saylini universitet rektori M.Yuldashev ochib berdi. U o‘z so‘zida. bunday tadbirlar yoshlar qalbida milliy merosga muhabbat, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish mas’uliyatini uyg‘otishini ta’kidladi.

 Birlik va do‘stlik muhiti hukm surgan sayilni Fizika va texnologik ta’lim fakultetining Dizaynerlar jamoasi milliy liboslar ko‘rgazmasi davom ettirdi.

Talabalar milliy liboslar zamonaviy moda bilan uyg‘unlashtirib, estetik hissi va dizaynerlik tafakkurini bilan boyitilgan milliy liboslarni mahorat bilan namoyish etishdi.

Tadbirga 1-oktyabr “O‘qituvchilar va murabbiylar” kuni munosabati bilan tashkil etilgan sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan jamoalarning taqdirlanish marosimi o‘zgacha ruh baxsh etdi.Xon atlasning tarixi va ramziy ma’nolarini bilish orqali talabalarda o‘zligini anglash, milliy g‘urur va Vatanga muhabbat tuyg‘ulari mustahkamlashga qaratilgan sayilda barcha fakultetlar milliy liboslar ko‘rgazmasini namoyish etishdi. Tadbir so‘ngida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fakultetlar universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan taqdirlanishdi.

Barchada iliq taassurot qoldirgan “Xonatlas sayli” – talabalarga bilim, ruhlanish va milliy iftixor tuyg‘usini bag‘ishlaydigan madaniy maktab bo‘ldi desa mubolag‘a bo‘lmaydi.

 


Ulashish:
1 338
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektor tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.