Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/10/2025
Chop etish
“Viloyat kubogi” finali: JDPU jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi!

Jizzax shahridagi Jizzax viloyati futbol maktabi stadionida kechgan “Viloyat kubogi” musobaqasining final uchrashuvi tom ma’noda futbol bayramiga aylandi. Finalda Arnasoy jamoasi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU) jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

O‘yin boshlanishidan avval stadion atrofida haqiqiy bayram shukuhi namoyon bo‘ldi. Tomoshabinlar qo‘llarida bayroqlar, shiorlar bilan jamoalarini ruhlantirishar, talabalar esa o‘z universitet jamoasini qizg‘in qo‘llab-quvvatlashar edi. Stadionning har bir burchagi “JDPU – oldinga!”, “Arnasoy – g‘alaba sari!” degan hayqiriqlar bilan jaranglab turdi.

Uchrashuv yuqori sur’atlarda boshlandi. Har ikkala jamoa dastlabki daqiqalardanoq hujumkor o‘yin namoyish etdi. Gollarga boy bahsda asosiy vaqt 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Eng muhim pallada – penaltilar seriyasida – JDPU jamoasi bor mahoratini ishga solib, raqibdan ustun keldi.

Shu tariqa, “Viloyat kubogi – 2025”ning so‘nggi zarbasi bilan g‘alaba quvonchi JDPU jamoasiga nasib etdi! Stadionda quvonch, olqish va hayqiriqlar yangradi. Talabalar futbolchilarni g‘alaba bilan olqishlashdi.

Final uchrashuvini boshidan oxirigacha kuzatgan Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda rahbariyat vakillari jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun stadionda bo‘lishdi. O‘yin yakunida ular tomonidan tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

G‘olib jamoa futbolchilari va murabbiylariga faxriy yorliqlar, medal va kubok topshirildi. Marosim davomida stadionni hayajon, faxr va g‘urur tuyg‘ulari qamrab oldi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Bu nafaqat sportdagi g‘alaba, balki yoshlarning birdamligi sifatida ham e’tirof etildi. JDPU jamoasi ushbu g‘alaba bilan yana bir bor universitet nomi va sharafini baland tutishdi.


Ulashish:
1 133
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.