Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/12/2022
Chop etish
“Uzluksiz ta’limda raqamli texnologiyalarni joriy etishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari ” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi 101-F-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti Matematika va informatika  fakulteti Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasida “Uzluksiz ta’limda raqamli texnologiyalarni joriy etishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari ” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Ilmiy-amaliy konferensiyani universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori  G‘.Qodirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Ilmiy-amaliy konferensiya yalpi yig‘ilishida “Yuzning profil tasvirining o‘zgarmas xususiyatlariga asoslangan shaxsning biometrik identifikatsiyasi algoritmlari” ,“Ta’limda “Raqamli egizaklar” istiqboli va tendensiyalari” “7-sinf kimyo kursi vodorod mavzusini  o‘qitishda 2D-kompyuter o‘yinlaridan foydalanish”, “Elektr toki davri va chastotasini “c++” dasturidan foydalanib o‘qitish” mavzusida, “SMART texnologiyalari va vositalaridan ta’limda foydalanish imkoniyatlari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Konferensiyada respublikamizning turli OTM laridan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini sho‘balarda davom ettirdi.


Ulashish:
1 324
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.