Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/05/2025
Chop etish
Ustozga hurmat, avlodga ibrat: Usmonov Abdujabbor Norbo‘tayevich 70 yoshda.
Ta’lim arbobining umri – na faqat o‘zi bosib o‘tgan yo‘l, balki minglab shogirdlar qalbida qolgan nurli izdir. Ana shunday ziyoli insonlardan biri, ta’lim fidoyisi, yuzlab ustozlar ustozi, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti Usmonov Abdujabbor Norbo‘tayevich joriy yilda hayotning nurli 70 bahoriga qadam qo‘ydi.

Ushbu muborak sana munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda ustozning yaqinlari, hamkasblari, ilmiy va hayotiy yo‘ldoshlari, shogirdlari va talabalar qatnashdi. Ularning yuz-ko‘zlarida iftixor, qalbida esa samimiy hurmat yotardi.

Tadbirni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, muhtaram Shavkat Sharipov ochib berdi. U o‘z nutqida Abdujabbor aka singari fidoyi ustozlarning jamiyatdagi beqiyos o‘rni, ilm va ma’rifat yo‘lidagi xizmatlarini katta e’tirof bilan ta’kidladi: “Usmonov Abdujabbor Norbo‘tayevich – nafaqat ta’lim sohasi, balki ma’naviyatimiz taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shgan arbob. U kishining hayot yo‘li – har bir ustoz uchun ibrat maktabi. Bugungi tadbir esa hurmat va e’tirof bayrami!”

Tadbir davomida ustozning mehnat faoliyati, ilmiy ishlari, kamtarona hayot tarzi va shogirdlariga ko‘rsatgan samimiy tarbiyasi haqida esdaliklar aytildi. Samimiy tabriklar, shukronalik so‘zlari, gullar va esdalik sovg‘alar tadbirga yanada shukuh bag‘ishladi.

70 yosh – inson kamolining yuksak pallasi. Abdujabbor aka bu yuksak marrani faxr bilan qarshi olmoqda. Universitet jamoasi ustozni bu muborak sana bilan chin qalbdan tabriklaydi. Ustozga sihat-salomatlik, xotirjam hayot va ilmiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.


Ulashish:
661
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.