Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/06/2023
Chop etish
Universitetda “Yoshlar oyligi” doirasida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha talabalar o‘rtasida musobaqalar tashkil etildi.

Aql mashqi hisoblangan, sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda 200 dan ortiq talaba yoshlar  ishtirok etishdi.  Fikrlashni o‘stirishda, hayotdagi muammolarni yechishda oson yo‘l topish imkonini beruvchi ushbu sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar juda qizg‘in kechdi.

 

-Sog‘lom onadan sog‘lom farzand dunyoga keladi. Jamiyatimizdagi barcha ayollarni, shu jumladan qizlarni sportning qaysi turi bo‘lmasin shug‘ullanishlarini juda hohlayman. Men bolalikdan shaxmat o‘ynashni juda yaxshi ko‘raman. Sportning shaxmat turi bo‘yicha alohida to‘garaklarga qatnamaganman. Oilaviy sportning shu turiga qiziqamiz. Birgalikda mashg‘ulotlar o‘tamiz.Bir-birimizdan o‘zishga harakat qilamiz. Universitetda o‘tkazilgan musobaqaga o‘zgacha ishtiyoq bilan keldim. G‘olib bo‘ldim. Juda xursandman -deydi g‘oliba qizlarimizdan biri Kamola Nurmatova

-Sportning shashka turi men uchun bir xobbi desam mubolag‘a emas. O‘yindan maqsad raqib donalarini tugatish yoki ularni yura olmaydigan holatga tushirish.  Mana shu lahzalarda raqibingni yengish uchun astoydil harakat qilish va uni his qilish insonga o‘zgacha zavq beradi. Bu zavqni men kabi shu sport turiga mehr qo‘yganlar biladi. Bugun g‘olib bo‘lish uchun astoydil harakat qildim. Zavqlandim.Hordiq chiqardim va g‘oliblikni qo‘lga kiritdim deydi shashka bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblaridan biri Shohjahon Husanov

Tashqaridan kuzatganda juda sokin, ammo kuchli hayajon va o‘zgacha zavq, ishtiyoq beruvchi sportning shaxmat-shashka turi bilan shug‘ullanish insonga maroq bag‘ishlaydi. Universitet hovlisida dona surib, g‘oliblik uchun kurashayotgan yigit-qizlarimizga qarab havas qilasan kishi. Vaqtni har kim har xil o‘tkazadi. Bu insonning tanlovi. Kimdir “bekorchi xayollar” og‘ushida kun sanasa, ayrimlar “osongina pul topish” ilinjida o‘zini qiynaydi. O‘qib, izlanib, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazayotganlar mana bu yoshlar esa to‘g‘ri tanlov sohiblari desak xato qilmagan bo‘lamiz. Tadbir so‘ngida musobaqa natijalariga ko‘ra eng yaxshi deb topilganlar, faol talabalar va  g‘olib deb topilganlar uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Faxriy yorliqlar va sovg‘alar eʼtirof etilganlarga topshirildi.


Ulashish:
1 024
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektori tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.