Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/12/2025
Chop etish
Universitetda “Yilning eng faol sportchi talabasi” tanlovi g‘olibi taqdirlandi.
Joriy yilda o‘tkazilgan “Yilning eng faol sportchi talabasi” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi g‘olibi — O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi a’zosi, Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 2-kurs talabasi Ruslanbek Jiyanov universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Shu munosabat bilan universitet rektori Maksudjon Yuldashev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Ruslanbek Jiyanovning terma jamoa safidagi faoliyati va erishgan yutuqlari e’tirof etildi.
/
Uchrashuv yakunida g‘olibga faxriy yorliq hamda bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravaridagi vaucher topshirildi.O‘z navbatida Ruslanbek Jiyanov universitetda sport sohasida olib borilayotgan tizimli islohotlar, talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, rahbariyatga bildirilgan qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Ulashish:
2 283
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.