Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/10/2022
Chop etish
Universitetda «Jadidlar» kitobi taqdimoti o‘tkazildi

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Jizzax viloyati mintaqaviy bo‘linmasi ishchi organi O‘zbekistan Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi, Jizzax MIB Faxriylar kengashi, Jamoatchilik kengashi mintaqaviy bo‘linmasi, Jizzax garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi, 59816 harbiy qism targ‘ibot guruhi, MIB huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklariga tayyorlash markazi kursantlari ishtirokida  Jizzax davlat pedagogika universiteti Ma’naviyat  markazida «Jadidlar» kitobi takdimoti o‘tkazildi. Tadbirda JDPU tuzilmasidagi  «Qatog‘on qurbonlari» xotirasi muzeyi rahbari B.Ergasheva, O‘zbekistan Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi mutaxassisi shoira N.Allamuratova, JDPU katta o‘kituvchisi  N.Abdukarimov, Faxriylar kengashi raisi zahiradagi podpolkovnik A.Oripovlar ishtirok etdi. Tadbirda mutaxassislar Jadidlar hayoti va faoliyati hamda Jizzaxlik jadidchilar ular tomonidan tashkil qilingan jadid maktablari faoliyati to‘g‘risida  batafsil ma’lumot berildi.


Ulashish:
1 169
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.