Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Amir Temurning hayoti va hukmronlik davrlari, Temur va temuriylar zamonida xotin-qizlar faoliyati hamda buyuk sarkardaning ilm-fan va madaniyat sohasiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot oldilar.






Shuningdek, ta’lim muassasalarida Amir Temur siymosi mavzusidagi ma’ruzalar ishtirokchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qildi.







Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti hamda shahrimizdagi 6-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbirga nafosat va fayz-quvonch ulashdi, mehmonlar va ishtirokchilar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi.
