Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/05/2022
Chop etish
Uch avlod uchrashuvi

Jizzax davlat pedagogika instituti, Fizika va texnologik ta’lim fakultetida ana shunday uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” munosabati bilan tashkil etilgan “UCh AVLOD UChRAShUVI” ga shu dargohda faoliyat yuritgan,  nafaqadagi faxriy ustozlar, bugungi kunda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan sobiq bitiruvchilar va talaba yoshlar taklif etildi. Uchrashuvni institut rektori Sh.Sharipov ochib berdi.

-Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oliygohimizda an’anaga aylanib borayotgnai quvonarli. “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” munosabati bilan tashkil etilayotgan ezgu g‘oyaning o‘zi, barchamizni takrorlanmas, oltinga teng, talabalik yillarini esga soldi va mana shu muhitda birlashtirdi,- deydi institut rektori Sh.Sharipov. So‘ngi kunlarda ushbu nom bilan ataluvchi tadbirlarning soni ko‘payib, alohida e’tibor va yuqori saviyada tashkil etilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bugungi uch avlod uchrashuvida faxriy ustozlarimizni, sobiq bitiruvchilarimizni ko‘rib turganimdan behad mamnunman. O‘ylaymanki, mana shunday tadbirlarni o‘tkazilayotgani yoshlarni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, aholi farovonligi yo‘lidagi xayrli ishlar, yosh avlod uchun barpo etilayotgan bunyodkorlik ishlari borasidagi erishilgan yutuqlar hamda keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribalari bilan tanishtirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, tadbir davomida bir guruh ustozlar, mexnat fahriylari,  talaba yoshlar hamda sobiq bitiruvchilar ham so‘zga chiqdilar . Yuqori kayfiyatda o‘tgan ushbu uchrashuvda ular ham o‘zlarining iliq tilaklarini bildirishdi.

Uchrashuv ishtirokchilari  kecha so‘ngida fakultet faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.  Bugun  talaba yoshlarga yaratilgan sharoitlar, dars xonalari, talabalarning mustaqil shug‘ullanishi uchun  qurilgan ustaxonlarni ko‘rib, ustozlarning dars jarayonlarni kuzatib, tadbir tashkilotchilariga minnatdorchiliklarini izhor etishdi. Uchrashuvning ezgu g‘oyasi mehmonlarning hayratu havasida, mezbonlarning esa yangi istiqbolli loyihalar xususidagi rejalarida, samimiy suhbatlarida aks etdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.


Ulashish:
1 454
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...
30 nafar mentorning mualliflik taqdimot-darslari maxsus komissiya tomonidan baholandi.
O‘tgan galgi uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlari doirasida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida tashkil etilgan 3 kunlik seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar orasidan saralab olingan 30 nafar mentor o‘zlarining mualliflik...
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi uzluksiz kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun har shanba kuni o‘tkazilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasida “Bilim va o‘zlashtirishni baholash uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish...