Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/04/2026
Chop etish
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqalarining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqalarining hududiy bosqichi tashkil etildi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi.

 

 

Musobaqa doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etdilar: — jamoani tanishtirish; — sport mahorati (chaqqonlik va epchillik sinovlari); — birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish; — velosipedda uchish.

 

 

Tadbir nafaqat sport va bilimlar bellashuvi, balki talaba-qizlarning irodasi, jasorati hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etgan muhim ma’naviy-ma’rifiy loyiha sifatida ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 🥇 Jizzax davlat pedagogika universiteti — 1-o‘rin 🥈 O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali — 2-o‘rin 🥉 Jizzax politexnika instituti — 3-o‘rin

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.


Ulashish:
574
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...