Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/05/2025
Chop etish
Tibbiyot fakulteti talabalari va ota-onalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida Tibbiyot fakulteti talabalari va ularning ota-onalari ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet ma’muriyati, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari, fakultet professor-o‘qituvchilari va ota-onalar ishtirokida o‘tdi.

Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad – universitet va ota-onalar o‘rtasida samarali hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim jarayonidagi yangiliklar, tibbiyot sohasiga oid dolzarb masalalar yuzasidan axborot berish, shuningdek, bitiruvchi kadrlarni ish bilan ta’minlash masalasini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.Uchrashuvni universitet prorektori Sarvar Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida ota-onalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki va yordami talabalarning muvaffaqiyatlariga katta ta’sir o‘tkazishini ta’kidladi.

Tadbirda Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari so‘zga chiqib, hududda amalga oshirilayotgan sog‘liqni saqlash islohotlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek, tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdilar. Ular bitiruvchilar viloyatning turli tuman va shaharlaridagi tibbiyot muassasalariga ehtiyoj asosida yo‘naltirilishini qayd etishdi.Shuningdek, universitet o‘quv-uslubiy boshqarmasi rahbari ham so‘zga chiqib, tibbiyot yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni amaliyotga yo‘naltirish, sohaga mos ravishda tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur fakultetni bitirgan talabalar pedagog emas, balki to‘liq huquqli tibbiyot mutaxassislari sifatida mehnat bozoriga kirib keladilar.

U shuningdek, davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan tartib haqida ham ma’lumot berdi. Xususan, davlat byudjeti hisobidan o‘qishga qabul qilingan talabalar faqat birinchi kurs uchun grant asosida o‘qishi belgilangan bo‘lib, keyingi yillarda ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida saralab olinadigan talabalargina grant asosida o‘qishni davom ettira oladi.Tadbir davomida fakultet rahbariyati tomonidan ta’lim jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar, talabalar uchun yaratilayotgan infratuzilma, hamkorlikdagi klinikalar va boshqa qulayliklar haqida taqdimotlar namoyish etildi. Ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, fikr va takliflarini bildirishdi.

Uchrashuv ochiq, samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Bu kabi muloqotlar universitet hamda ota-onalar o‘rtasidagi ishonchli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Ulashish:
468
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Ingliz tili darslarida sun’iy intellektdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlari” mavzusidagi seminarimiz o‘qitishning kelajagiga ilhomli va amaliy safar bo‘ldi!
Seminar joriy yilning 18-avgustida bo‘lib o‘tdi. Seminar ishtirokchilarning ta’lim va o‘rganishda sun’iy intellektdan foydalanish borasidagi yondashuvini aniqlash borasidagi interaktiv mashqi bilan boshlandi. Bu esa bizning...
JDPUda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor aloqa kanallari.
Jizzax davlat pedagogika universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyat olib bormoqda.
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy imtihonlar o‘tkazildi.
12-avgust kuni 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.