Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish mavzusida onlayn seminar-trening bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 22-yanvar, soat 9-00 da O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yunalishiga bag’ishlangan seminar-trening bo’lib o’tdi. Seminar-treningda Jizzax davlat pedagogika instituti Yoshlarmasalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor S.Nazarqosimov, institut Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi Z.Abduvaliyeva, barcha fakultetlar dekanining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchilari ishtirok etdilar.
Seminar-treningni Oliy va o’rt maxsus ta’lim vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Norim Razzoqovich kirish so’zi bilan ochdi. Onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan seminarda vazirlikning ma’naviy-ahloqiy ishlar bo’yicha boshqarma yetakchi mutaxassisi Dildora Solixo’jayevaga ,IIV vakiliO’ktam O’tayevlar Gender tenglik masalalari, Xotin-qizlarga nisbatan ko’rsatilayotgan tazyiq va zo’ravonliklarni oldini olish mavzularida fikr bildirshdi.
Shuningdek seminarda har bir qizni kategoriyalarga ajratish, tyutorlar bilan birgalikda ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish, Tarbiyasi og‘ir bo‘lgan qizlarni fakultet maslahatchilariga biriktirish haqida ham so‘z bordi.