Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/10/2025
Chop etish
“Talabalikka bag‘ishlov” — Tibbiyot fakultetida xotiralarga boy tantana.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tibbiyot fakultetida an’anaviy “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri katta tantana va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.Tadbirda universitet rahbariyati, fakultet dekani va uning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar hamda yangi qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.

Tantanani fakultet dekani G.S.Arifxo‘jayev ochib berdi. U o‘z so‘zida bugungi tadbirning ahamiyatini ta’kidlar ekan, ota-onalar kengashi yig‘ilishining asosiy maqsadi — talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonida oilaning o‘rnini mustahkamlash, oliygoh bilan ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u mavjud muammolarni birgalikda hal etish va takliflar asosida samarali yechimlar ishlab chiqish muhimligini qayd etdi.

Yig‘ilishda ota-onalar kengashining vazifalari, talabalarning universitet ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, ijtimoiy faolligi, grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi ta’lim, yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi.

Tadbirning badiiy qismida Tibbiyot fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan qiziqarli konsert dasturi ishtirokchilarda yuqori kayfiyat uyg‘otdi. Ijodkor talabalarning chiqishlari ota-onalar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.


Tadbir so‘ngida faol talabalarning ota-onalari fakultet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bu tadbir Tibbiyot fakultetidagi ahillik, birdamlik va yoshlar ta’limining yuksak darajada tashkil etilganidan dalolat berdi.


Ulashish:
2 141
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...