Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda amalga oshirilgan ishlar: Muammo va yechimlar

Jizzax davlat pedagogika universitetida brifing ana shu mavzuga bag‘ishlandi.

Jizzax politexnika instituti hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashki etilgan brifingda har ikkala oliygohlar tyutorlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Brifingni Jizzax davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi.  Brifingni Jizzax politexnika instituti Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i In’om Islomov  hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i S. Saidaxmatovlar davom ettirishdi.  Ular ishtirokchilarga Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda amalga oshirilgan ishlar,   jumladan, talabalar turar joylariga joylashtirish axborot tizimining joriy etilishi, talabalar turar joylari bilan qamrov darajasining oshishi, talabalarning oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish kabi islohotlar haqida ma’lumotlar berishdi.

“Bugungi kunda respublikadagi deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida yotoqxona muammosi mavjud. Shuning uchun ijara uylar bahosi oshgandan oshib boraveradi. Shu yerda o‘rinli bir savol tug‘iladi Xo‘sh, muammo hal bo‘lyaptimi? Bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universitetida kunduzgi ta’lim shaklida (1-4 kurslar) jami 9572  talabalar tahsil olsa shulardan 3755 nafar talabalarda turar joyga ehtiyoj mavjud bo‘lib,  ulardan 518 nafari qarindoshlarining xonadonida vaqtincha yashashni rejalashtirgan. Natijada, 3139 nafarini ijara xonadonlariga, 616 nafarini TTJ larga joylashtirish kutilmoqda. Bugungi kunga qadar 366 nafar talabalar TTJ ga, 319 nafar talabalar ijara xonadonlariga joylashtirilgan   Bugun talabaga eng yaqin kim? Shubhasiz bu tyutorlardir. Mana shu vaziyatda ish samaradorligini oshirish maqsadida biz barcha tyutorlarni  Shundan, 1-kurs 138 nafar talabalar TTJ ga, 124 nafar  talabalar ijara xonadonlariga joylashtirilgan. Jizzax davlat pedagogika universitetida jami 616 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta TTJ mavjud.Bugun ular talabalarni kutib olishga shay holatda turibdi.Xususan, vazirlar mahkamasining 376-sonli qaroriga asosan davlat OTM talabalar turar joylariga (TTJ) joylashtirishning yangi tizimi joriy qilingan. Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilida davlat OTM 1,2,3,4-kurs talabalari billing.edu.uz sayti orqali elektron murojaat qilishi belgilangan. Jumladan, billing.edu.uz sayti orqali  OTM da 1-kursga qabul qilish uchun  davlat granti asosida tavsiya etilgan 262 nafar yoshlar TTJ ga joylashish uchun murojaat qilgan bo‘lib, shundan 138 nafariga ijobiy javob berilgan”,- deydi JDPU Talablarni turar joy bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i S.Saidaxmatov

Ta’kidlash joizki, har bir OTMda talabalarni turar joylari bilan ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha “Maslahat markazlari” tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan murojaat qilgan talabalarni TTJ va ijara xonadonlariga joylashtirish hamda tegishli tushunchalar berish bo‘yicha faoliyat yuritilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi PQ-376-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2024-2025 o‘quv yili boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish, talaba-yoshlarni kutib olish va turar joy bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan institut binosida ko‘maklashish markazlari barpo etilib, talabalarini institut yotoqxonasiga va yaqin hududlardagi ijara xonadonlariga joylashtirish ishlari olib borilmoqda. Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi va fakultetlarning faol talabalari orasidan ixtiyoriy tanlab olingan ko‘ngillilar bilan hamkorlikda talabalar turar joylariga va ijara xonadonlariga joylashtirish va kuzatib qo‘yish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Jizzax politexnika instituti hududidagi 1-sonli talabalar turar joyi(davlat tasarrufida) quvvati 560 o‘ringa ega, 2-sonli talabalar turar joyi(davlat sherikchilik asosida) quvvati 300 o‘ringa ega, 3-sonli talabalar turar joyi(davlat sherikchilik asosida) quvvati 400 o‘ringa ega bo‘lib, 2024-2025 o‘quv yili uchun tayyor holatga keltirildi. Bugungi kunda institut hisobida 3 ta talabalar turar joyi va 800 dan ortiq tayyor holatdagi ijara xonadonlari mavjud.  Joriy yilda talabalarga yetarlicha shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1-sonli talabalar turar joyi qaytatdan rekonstruksiya qilindi va yashash uchun tayyor holatga keltirildi.”-deydi JizPi Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i I.IslomovMa’lumot o‘rnida aytish lozimki,bugun har ikkala oliygoh ma’muriyati tomonidan turar joyga muhtoj talabalarini kutib olish va turar joy bilan ta’minlash choralari rejalashtirilib, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi mas’ullari boshchiligi asosida ishlar olib borilmoqda.Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda amalga oshirilgan ishlar: Muammo va yechimlar mavzusiga bag‘ishlangan brifingga TTJlarga press-tur yakun yasadi.

JDPU hududidagi 600 o‘rinli davlat xususiy sherikchilik asosida qurilayotgan TTJ tez kunlarda qurilib foydalanishga topshiriladi. 7 qavatdan iborat barcha sharoitlarga ega ushbu talabalar turar joyi oktyabr oyigacha foydalanishga topshiriladi. Press-tur ishtirokchilariga yangi qurilayotgan TTJ haqidagi barcha ma’lumotlar  universitet moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor F.To‘rayev tanishtirdi.

Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar Jizzax politexnika instituti asosiy binosida joylashgan TTJda bo‘lishdi.  Press-tur ishtirokchilari  yotoqxonalardagi kutubxona, sport maydonchalarini ko‘rish ila bir qatorda turar joyga muhtoj talabalarini kutib olish va turar joy bilan ta’minlash choralari bilan bog‘liq ma’lumotlarga ham ega bo‘lishdi.