Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/05/2026
Chop etish
TalabaExpo – 2026: Jizzaxda kasbiy imkoniyatlar ko‘rgazmasi

Jizzax shahrida yoshlar bandligini ta’minlash, ish o‘rinlariga yo‘naltirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasi o‘z faoliyatini boshladi.

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Jizzax viloyati hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada bitiruvchi yoshlar “Kelajakka qadam” yarmarkasi orqali ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari, startap va tadbirkorlik imkoniyatlari bilan tanishmoqda.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, bandlikni ta’minlash va mehnat bozoriga integratsiya qilish borasidagi islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

“TalabaExpo – 2026” Jizzax davlat pedagogika universiteti hududida o‘tkazilmoqda.


Ulashish:
540
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.