Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/06/2025
Chop etish
“TalabaEKSPO – 2025” ko‘rgazmasi: JDPU bitiruvchilari Samarqandda
2025-yil 20–21-iyun kunlari Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaEKSPO – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu tadbir “Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilmoqda. Maqsad — bitiruvchi yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga kirishishlari uchun platforma yaratishdir.

Ko‘rgazmada mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 300 ga yaqin yirik korxonalar, tijorat banklari va tashkilotlar, shuningdek, 20 ming nafardan ziyod talabalar ishtirok etmoqda.

Mazkur muhim tadbirda Jizzax davlat pedagogika universitetidan Samarqandlik 124 nafar bitiruvchi talabalar ham faol ishtirok etmoqda. Ular ko‘rgazma doirasida o‘z mutaxassislik yo‘nalishlariga mos ish takliflari, shartnoma asosida amaliyot o‘tash imkoniyatlari hamda turli kasbiy maslahatlardan foydalanishmoqda.

 

“TalabaEKSPO – 2025” — bitiruvchi yoshlar uchun kelajakka ishonch bilan qadam tashlash, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish va malakali kadr sifatida yetishib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Ulashish:
950
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.