Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/09/2026
Chop etish
«Talaba – yugur» musobaqasida JDPU talabalari munosib natijalar qayd etdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamkorligida «Talaba – yugur» ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasining 2026-yil kuzgi mavsumiga start berildi.

Jizzax sanoat hududida o‘tkazilgan viloyat bosqichida 5 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari, maktab o‘quvchilari va mahalla vakillari ishtirok etdi. Musobaqaga viloyatdagi oliy ta’lim muassasalaridan 3 mingga yaqin talaba va professor-o‘qituvchilar jalb etildi.

Musobaqada Jizzax davlat pedagogika universitetidan 1178 nafar talaba va 25 nafar professor-o‘qituvchi faol ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra, universitetning Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari sovrindorlar safidan joy oldi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:

🥇 1-o‘rin — Aktamov Uchqun

🥈 2-o‘rin — Jo‘raqulov Asadbek

Qizlar o‘rtasida:

🥇 1-o‘rin — Ozodova Dinara

🥈 2-o‘rin — Bahriddinova Nurgul

🥉 3-o‘rin — Bosimova Gulsevar  Barcha g‘olib va sovrindorlar Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari hisoblanadi. Musobaqa talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, sportga qiziqishini oshirish va jismoniy faollikni ommalashtirishga xizmat qildi.


Ulashish:
43
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Talaba – yugur» musobaqasida JDPU talabalari munosib natijalar qayd etdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamkorligida «Talaba – yugur» ko‘ngillilar yugurish...
JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.