Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/02/2023
Chop etish
“Sudya – gapiradigan qonun, qonun esa tilsiz sudyadir”

          Qayerdadir o‘qiganim ushbu ibora kun kelib sudlar va adolat peshvolari bo‘lmish  sudyalar haqida yozishimga turtki bo‘ladi deb o‘ylamagan edim. Talaba yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish  maqsadida Jizzax viloyati sudi hamda universitet hamkorligida tashkil etilgan targ‘ibot uchrashuvi menda juda katta taassurot qoldirdi.

Bolaligimdan shu soha vakillariga goh pinhona , goh oshkora havas bilan yashadim. Ularning sud jarayonlarida sovuqqon bo‘lishidan tortib yuz ifodasidan nimalarni his qilayotganini anglay olmaslik bir muxbir sifatida doim meni qiziqtirgan. Sudyalar ham inson, ularda ham his-tuyg‘u bor. Nahotki ular ta’sirlanishmasa? Nahotki bir insonning ustidan hukm chiqarish shunchalar oson bo‘lsa? Sudyalarni ham sudga berish mumkinmi? Voyaga yetmagan bolalar jinoyat sodir qilganda ularga qanday hukm chiqariladi. Sudyani emotsiyaga berilib hukm chiqarishga haqqi bormi? Bugungi uchrashuv anchadan beri meni qiziqtirayotgan barcha  savollarga javob olish uchun imkoniyat bo‘ldi desam xato qilmagan bo‘laman.  Ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy hamda jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv men qatori sohaga qiziquvchi  ko‘plab talaba yoshlarga ham foyda berdi.

 

“Sudyalik kasbi sharafli kasb bo‘lishi bilan birga, mas’uliyatli kasb bo‘lib ham hisoblanadi. Shunday sharafli va mas’uliyatli kasbni tanlab, sudyalik lavozimiga o‘tirgan har bir sudyaga ulkan mas’uliyat bilan birga majburiyat ham yuklaydi. Kasbi yuzasidan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini lozim darajada bajarish uchun astoydil harakat qiladi. Har bir ishga adolat, qonuniylik nuqtai nazaridan yondashib, xalqning odil sudlovga nisbatan ijobiy qarashlarini oshirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shadi. Bugun talaba yoshlarimizning  huquqiy savodxonligini oshirish uchun huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida taklif etilgan sudyalarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Odil sudlovni amalga oshirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan  barcha  sudyalarimizning matonatiga, shijoatiga, qat’iyatligiga havas qilmay ilojimiz yo‘q”,- deydi Jizzax davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor F.Akchaev

 

Rasmiyatchilikdan yiroq samimiy  suhbat va ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv talaba yoshlar xotirasida qolishi shubhasiz. Bu yerda aytilgan har bir so‘z, keltirilgan dalil vaisbotlar, voqelar ularning xayotda oqdan-qorani, yaxshini-yomondan ajrata olishiga va har qanday vaziyatda  to‘g‘ri  xulosa chiqarishga ko‘mak beradi. Talabalar bilan bo‘lgan uchrashuvda Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi  Q. Xolmurodov, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi S. Nabiev, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi  S.Quvvatov, ma’muriy sudining sudyasi T.Qodirqulovlar ishtirok etishdi.


Ulashish:
1 213
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev boshchiligida o‘tkazildi.
JDPU talabalari Turkiyada qishki maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va mutaxassislari xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Turkiya davlatining nufuzli Necmettin Erbakan Universitida tashkil etilgan “Silk Road and Beyond – 2026”...
JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...