Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
darslar 2021-2022
darslar 2021-2022
|
20/05/2022
Chop etish
Sportning basketbol turi bo‘yicha amaliy ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda barcha sport turlariga e’tibor berilayotgani kabi basketbol sport turiga ham juda ko’plab imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda. Aynan Sport mahoratini oshirish (basketbol) fanidan amaliy ochiq dars ham bunga yaqqol misol bo’la oladi. Dars zamonaviy basketbol qoidalari va xorij tajribalariga asoslangan holda o’tildi. Qizlarni har taraflama sog’lom va  jismoniy qobilyatlarini yuzaga chiqarish uchun ham bu amaliy ochiq dars yaqqol misol bo’la oldi. Amaliy ochiq darsda interfaol metodlar orqali to’p bilan muamala qilish, to’pni qabul qilish, uzatish va eng asosiysi to’pni shchitga otish  texnikalariga alohida urg’u berildi. Ochiq dars mobaynida qizlar to’pni olib yurish texnikasini yanada mustahkamlab har hil aldamchi harakatlar bilan harakat qilishdi. Ayniqsa jarima maydonidan jarima to’plarini amalga oshirishdagi xato va kamchiliklari ustida ishlashdi. Dars juda ko’taringki va qiziqarli ro’hda o’tildi.


Ulashish:
1 156
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi talabalarning biznes loyihalarini amalga oshirishga bag‘ishlangan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda Jizzax viloyati hokimi  birinchi o‘rinbosari  Zafar Azimov, Markaziy bankning Jizzax viloyati boshqarmasi rahbari Salohiddin Botirov, “O‘zmilliybank AJ” viloyatbanki rahbari Nurulla Islamov hamda universitet rektori...
JDPUda xalqaro hamkorlik doirasida boks bo‘yicha master-klass va shartnoma imzolandi.
Revolution Boxing Promotion kompaniyasi bilan o‘zaro kelishuv asosida Jizzax davlat pedagogika universitetida sport faoliyatining boks yo‘nalishi talabalari uchun maxsus master-klass tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumdan avval tashkil etilgan uchrashuvda musiqa ta’limi yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ochib berdi.