Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/09/2024
Chop etish
Sodiq bitiruvchilar universitet bag‘rida
Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etilganligining 50 yilligiga bag‘ishlangan «Bitiruvchilar forumi» ga taklif etilgan sobiq va sodiq bitiruvchilar universitet bosh binosida kutib olindi. Forumga taklif etilgan sobiq bitiruvchilar ishtirokida barcha fakultetlarda birinchi kursga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuvlar , davra suhbatlari tashkil etildi. shuningdek mehmonlar universitet talabalari uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan ham tanishishdi.

 

Tadbirning asosiy qismi universitetning madaniyat saroyida davom etdi. 30 ga yaqin bitiruvchilar va turli tashkilotlardan kelgan mehmonlar ishtirokida o‘tgan uchrashuv barchada iliq taassurot qoldirdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Tantanali tadbirni universitet rektori tabrik so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida bitiruvchilar forumi ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgani, an’anaga aylanib bo bu uchrashuvlar doimiy bo‘lib qolishini, bu ishda bitiruvchilarning universitet bilan hamkorligi juda zarur ekanligini ta’kidladi.

Tantanali tadbirda shuningdek Jizzax viloyati maktabgacha ta’lim bo hamda O ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas’ul xodimlari ham o‘z dil izhorlarini bildirishdi. Uchrashuv universitet badiiy jamoasining musiqiy chiqishlari bilan yakun topdi.


Ulashish:
685
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.