Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Shotara —( Fumaria vaillantii Loisel.)ning kimyoviy tarkibi.

Qarshiboyeva Nasiba Haydarovna, SHodiyeva Nozimaxon Azamat qizi, Toshpulatova SHaxlo Maxmud qizi, Ibragimova Zarina Karim qizi. Jizzax davlat pedagogika universiteti.   O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 10.04.2020-yil PQ- 4670-sonli qarori (Yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risidagi ) va 26.11.2020-yildagi PQ-4901-sonli qarori  ( Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug’chiligini yo’lga qo’yishni rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar ko’lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida)  imzolandi. Ushbu qarorlar  dorivor o’simliklarga alohida e’tibor qaratilganligidan dalolat beradi. Zero, bizning serquyosh o’lkamiz dorivor o’simliklarni ko’plab turlarini o’z bag’rida yetishtiradi. Shotaradoshlar oilsiga mansub shotara —( Fumaria vaillantii Loisel) turning tarkibida “Protopin gidroxlorid” preparati bo’lib, farmatsevtika sanoatida jigar kasalliklarida qo’llaniladi. Shuning uchun bu turning bioekologiyasi o’rganilmoqda. Shotara ( Fumaria vaillantii Loisel.), Shotaradoshlar oilasiga mansub bir yillik begona oʻtPoyasi tik oʻsadi, sershox, boʻyi 10—30 smBarglari ketma-ket joylashgan, ikki marta patsimon ajralgan, uzun bandli. Gullari pushti, uchlari binafsha rangli shingil toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi sharsimon bir urugʻli yongʻoqcha. Ildizi — oʻqildiz. Aprel—iyulda gullab uruglaydi. Maysalari kech kuzda, erta bahorda paydo boʻladi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Begona oʻt sifatida lalmi va sugʻoriladigan don ekinlari orasida, paxta dalalarida oʻsadi. Shuningdek, tashlandiq yerlar, turar joylar, yoʻl, ariq yoqalari, ekinzor chekkalari, xiyobonlarbogʻ va uzumzorlarda uchraydi. Kimyoviy tarkibi: Shotara tarkibida organic kislota, fenol, alkaloidlar 0,2-0,6%, oshlovchi moddalar 2,9%, smola 4,7 %, C va K vitaminlari bor. Ta’mi o’ziga xos achchiq. Fumaria vaillantii, F. parviflora tarkibidagi 25 xil alkaloidlar osimlikning turli organlaridan ajratib olingan (  Aliyev, 1967; Yunusov, 1981; Isroilov,1993). Bundan tashqari Fumaria turlarida alkaloidlar bilan bir qatorda fumarin kislotasi, glikozidlar, oshlovchi, shakar moddalari, smolasimon, bo’yoq bo’luvchi efir moyi va organik kislotalar, bargidan esa ‘C’ vitamini kabi moddalarning uchrashi ham aniqlangan.
  1. K. Aliyev (1960) Fumaria L. turkumi turlari tarkibidagi alkaloidlar ichida eng asosiysi bo’lgan protopin – 0,06 – 0.19 % tashkil qilishini aniqlab, shundan F. parviflora tarkibida alkaloidlar 0.15 – 0.36 % F. vaillantiida esa 0.19 – 1.1% . S. A. Tarivediyeva (1958) tajribalaridagi tarkibidagi kimyoviy birikmalar, jumladan alkaloidlar o’simlikning yoshiga populyatsiya tarkibiga, yil fasllariga mos ravishda alkaloidlarning son va sifat ko’rsatkichlari uzviy o’zgarib turishi bayon etilgan. Shu boisdan bu o’simlik tarkibidagi kerakli kimyoviy faol moddalar o’simlikning bargi, poyasi, ildizi kabi vegetativ organlarida to’planishi aniqlangan, va o’simlikning yoshiga, yil fasliga qarab xom ashyo tayyorlash muddati rejalashtirilgan. S.A.Tarivardiyevaning ma’lumotiga ko’ra shotara tarkibidagi alkaloidlar uning ontogenezi davomida turlicha o’zgarib turishi aniqlangan.
1 – jadval. Fumaria L. turkumi vakillarining alkaloid miqdorining ontogenez davomida o’zgarishi.
Shotara turlari Vegetatsiya davrlari va alkaloid miqdori % larda
  Maysa davri Gullash davri(generativ) Mevalash
Fumaria schleicheri 0.070 0.190 0.30
Fumaria parviflora 0.050 0.095 0.199
Fumaria vaillantii 0.030 0.090 0.120
Jadvaldan ko’rinishicha shotaraning barcha yer ustki qismida o’simlikning alkaloid moddalarining miqdori mevalash davriga to’g’ri keladi.Shuning uchun  shotara  xom ashyosining mevalash davrida  tayyorlash maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. D.A.Rahimov va boshqalar (1977) polyagrafik tadqiqotlariga muvofiq Toshkent viloyatida o’sadigan, F.vaillantii  turida protopinning tarkibi va miqdori o’simlikning mevalash, urug’ boylash davrida 0.14; 0.12; 0.07; 0.13% bo’lishi aniqlangan. Oshlovchi (dubl) moddalar shotara tarkibida 0.7%  dan to 0.95%ni tashkil etadi.Terini oshlash maqsadida sanoatda foydalaniladigan F.vaillantii tarkibida qand moddasi 0.77% dan to 3.0% gacha bo’lsa, Glyukozid moddalari F.parviflora tarkibida 0.022% .F.vaillantii da esa 0.014% ni tashkil qiladi. Yog’ moddasi har ikkala turda ham deyarli bir xilda 2.46-2.50 hisobida uchraydi.   2 – jadval. Shotara turkumi turlarining tarkibidagi organik moddalar. (quruq holda, % hsobida. N. Qarshiboyeva olgan malumotlari bo’yicha)
Komponentlar F.vaillantii maysasi Mayda gulli F.parviflora maysasi Mualliflar
Glyukozidlar jami 0.014 0.022 Aliyev R.K.
Antroglukozidlar             –          – Aliyev R.K.
Achchiq modda Achchiq maza ko’rsatgichi 1:850 Achchiq maza ko’rsatkichi Aliyev R.K.
Oshlovchi modda Gr. hisobida Gr .hisobida Aliyev R.K.
Hajm uslubida 0.70 1.2 Aliyev R.K.
Og’irlik uslubi 1.04 2.2 Aliyev R.K.
Bo’yoq moddasi Qizil – bur sariq rangda Qizg’ish Aliyev R.K. 1953 Tariverdiyeva
Shakar moddasi 0.77-2.25 0.7-3   Aliyev R.K. 1960 Tariverdiyeva S.A. 1958
A)ketosaxara gidrolizigacha 2.3 2.23 Aliyev R.K. 1949
Gidrolizdan keyin 2.26 2.74 Aliyev R.K. 1960
B)Aldegido shakari 0.63 0.68 Aliyev R.K. 1960
Efir moyi izlari Izlar Aliyev R.K. 1960
Yog’ moddalari 2.50 2.46 Aliyev R.K. 1960
Smola moddalari 3.19 2.37 Aliyev R.K. 1960
Titruem kislotasi 0.85 1.4 Aliyev R.K. 1960
Karotintora holda 52.2 mg% 60.79mg% Aliyev R.K. 1960
Quruq holda 7.43mg% 8.27mg% Aliyev R.K. 1960
Vitamin K 0.56mg%   Aliyev R.K. 1960
3 – jadval. Shotara turkumi (Fumaria L.) tarkibida uchraydigan alkaloidlar
Komponentlar F. vaillantii Mualliflar F. parviflora Mualliflar
1 Alkaloidlar 0.1-0.55 Zolotnitskaya 1965 0.19-1.1 Adilov 1962
2 Protopin C20 H26 NO5 0.06-0.19 Shevelyova,1970 0.08 Govindochari 1958
3 Fumar kislotasi + Vahid M.A. 1963    
4 Papaverin + Plexanova 1975    
5 Fumaridin C23 H26 N2 O5 0.005-0.027 Platonova 1956 + Israilov 1968
6 d-a-girdastin + Ibragimova 1974  
7 Fumaramin C21 H23 N2 O5 + Israilov 1970 + Israilov 1968
8 Parfumidin + Kirjakov 1971 + Israilov 1970
9 Adlumin + Israilov 1970    
10 Parfumin + Israilov 1970 + Israilov 1970
11 d- bikukulin + Ibragimova 1974    
12 I-Adlumin + -==-    
13 Vaylantin- C20 H23 NO5 + -==-    
14 Noryufirin- C17 H19 NO3 + Yunusov S.Yu.1981    
15 Xaylantifolin + Yunusov S.Yu.1981    
16 d-stilopin Stilopin + Yunusov S.Yu.1981    
17 Oksimetilati + Yunusov S.Yu.1981    
18 Kriptopin + Kirjakov 1971 + Israilov 1968
19 Fumvaylin  C20 H19 O6 N 0.0007 Platonova 1956    
20 Santivinarin C20 H14 NO4 + Susplugas 1969 + Susplugas 1977
21 N-metil gidrastein + Forgaes R. 1975 + Forgaes R. 1975
22 N-metil gidarstin + Forgaes R. 1975 + Forgaes R. 1975
23 N-metiladlumin C22 H24 NO6 + Israilov 1993    
24 Pallidin + Israilov 1993    
25 Norpallidin + Israilov 1993    
26 I-Adlumin     + Israilov 1968
27 Gidrastin C21 H21 NO6 + Israilov 1968 + Israilov 1968
28 Parchalanib ketuvchi alkaloid 0.072 Aliyev R.K. 1960 0.079 Aliyev R.K. 1960
29 N-oksin alkaloid formalari + Aliyev R.K. 1960 + Aliyev R.K. 1960
30 Glyukoalkoloidlar + Aliyev R.K. 1960 + Aliyev R.K. 1960
Bu moddalardan tashqari vitaminlar ham uchrab – “K” vitamini F. vaillantii turida – 0.56 mg %, F. parviflora – 0.66% mg.  “C” vitamin esa F. vaillantiida 74.7 mg% ni tashkil etadi. (Tariverdiyeva, 1958; Aliyev, 1960). Ahamiyati. Shotara  qonni isitadi va tromblarni ochadi. Nafas olishni yengillashtiradi, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, jigarni tiqinlardan tozlaydi. Asosan  o’simlik barglarini terib, quritib foydalaniladi, ammo ko’pincha barcha qismlaridan foydalaniladi. Uning tarkibidagi alkaloid biroz pulsni tezlashtirib, sarxush qiladi va ishtaxani ochadi.  Ayollar kasalligida, ichak kasalliklarida, bezgakda, sariq kasalligida, bachadon va o’pka  silida ishlatiladi.  Bavosilda, surunkali ichki qon ketishda, qorin dam bo’lishida va bronxit kasalligida davo uchun ishlatiladi. Xulosa
  1. Shotaradoshlar oilsiga mansub shotara—( Fumaria vaillantii Loisel) turning tarkibida “Protopin gidroxlorid” preparati bo’lib, farmatsevtika sanoatida jigar kasalliklarida qo’llaniladi. Shuning uchun bu turning bioekologiyasi o’rganilmoqda.
2.Kimyoviy tarkibi: Shotara tarkibida organic kislota, fenol, alkaloidlar 0,2-0,6%, oshlovchi moddalar 2,9%, smola 4,7 %, C va K vitaminlari bor. Ta’mi o’ziga xos achchiq.
  1. F.vaillantii turida protopinning tarkibi va miqdori o’simlikning mevalash, urug’ boylash davrida 0.14; 0.12; 0.07; 0.13% bo’lishi aniqlangan.
4.Terini oshlash maqsadida sanoatda foydalaniladigan F.vaillantii tarkibida qand moddasi 0.77% dan to 3.0% gacha bo’lsa, Glyukozid moddalari F.parviflora tarkibida 0.022% .F.vaillantii da esa 0.014% ni tashkil qiladi. Yog’ moddasi har ikkala turda ham deyarli bir xilda 2.46-2.50 hisobida uchraydi. Adabiyotlar
  1. Mirziyoyev Sh. M. “Yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori PQ- 4670-son 10.04.2020-yil.
  2. Mirziyoyev Sh. M. “Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug’chiligini yo’lga qo’yishni rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar ko’lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori PQ-4901-son 26.11.2020-yil.
  3. Исраилов И.А. Изохинолиновые алкалоиды //Итоги исследования алкалоидоносных растений. Т.Фан. 1993. с. 132.
  4. Юнусов С.Ю. “Алколоиды” Т. Фан. 1981. c. 418.
  5. Qarshiboyeva N.H . Shotara yangi dorivor o’simlik //Узб. биол. журн. Т. 1999. 51-54 bet.
  6. Qarshiboyeva N.H . ”O’zbekistonda tarqalgan shotara (Fumaria vaillantii Loisel.) ning  bioekologik xususiyatlari”. Avtоreferat T.2002.
  7. Ходжиматов К. Х. Ефирномасличное растения Узбекистана и пути их рационального использования. T. 1999. 110 s.
  8. Qarshiboyeva N.H . Shotara yangi dorivor o’simlik //Узб. биол. журн. Т. 1999. 51-54 bet.
  9. Qarshiboyeva N.H . ”O’zbekistonda tarqalgan shotara (Fumaria vaillantii) ning bioekologik xususiyatlari”. Avtoreferat T.2002.
  10. Qarshiboyeva N.H., Rahmonqulov F. vaillantii ni madaniylashtirish istiqbollari. « Развитие ботаническое науки в Центральной Азии и ее интеграция в производство» Материалы международной конференции (17.09.2004 g.) T.2004. s. 341.
  11. Qarshiboyeva N.H. va b. Botanika resursshunosligidan ruscha-o’zbekcha izohli lug’at. «Sangzor» nashriyoti . Jizzax 2012. 44 bet
  12. Tojiboyev Sh. J., Qarshiboyeva N.H. Botanika. «Namangan» nashriyoti. Namangan 2015. 310 bet