Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/11/2025
Chop etish
“Sharof Rashidov — xalqparvar siyosatchi va buyuk adib” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida “Sharof Rashidov — xalqparvar siyosatchi va buyuk adib” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni fakultet o‘qituvchisi  D.Ochilov  olib bordi.

Uchrashuv davomida Sharof Rashidovning adabiyot va siyosatdagi faoliyati, uning xalq manfaati yo‘lida fidokorona mehnati, O‘zbekiston ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari haqida so‘z yuritildi.

Ishtirokchilar Rashidovning rahbarlik davrida mamlakatimizda madaniyat, ta’lim, fan va sanoat sohalarida amalga oshirilgan o‘zgarishlar bilan tanishdilar.

Tadbir yakunida talabalar yozuvchi va siyosatchining hayoti, asarlari hamda millatimiz tarixidagi o‘rni haqida fikr almashib, Sharof Rashidov shaxsiyati yoshlar uchun ibrat maktabi ekani ta’kidlab o‘tildi.


Ulashish:
1 120
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...