Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/05/2024
Chop etish
Sharaf lentasini taqib iftixor tuydim.

JDPUda «Sharaf lentasi » ulashish aksiyasi o‘tkazildi.

Bugungi tinch va osuda hayotimizga shukronalik, vatanga, ona-yurtga bo‘lgan muhabbat hislarini uyg‘otish maqsadida, tashkil etilgan «Sharaf lentasi» ulashish aksiyasi faol talabalar va tyutorlar ishtirokida o‘tkazildi.

Universitet hovlisi bo‘ylab “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Sharaf lentasi” ulashish aksiyasi davomida erta tongdan ishga va o‘qishga kelayotgan ustozlar va talaba yoshlar ko‘ksiga O‘zbekiston davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan, Vatan himoyachilarining sharafli qahramonliklarini o‘zida ifodalagan lentalar taqib qo‘yildi. Bunday tadbirlar Ikkinchi jahon urushida qatnashgan ajdodlarimizning jasorati, yorqin xotirasi unutilmas ekanini yana bir bor yodga soladi. Qolaversa, urush qatnashchilari va mehnat faxriylariga hurmatimizni yanada kuchaytiradi. Bu o‘z navbatida yosh avlod qalbida vatanparvarlik, jasorat, mardlik tuyg‘ularini yuksaltirishi bilan yanada ahamiyatlidir.

– “Sharaf lentasi”ni ko‘ksimga taqar ekanman, tinchlik uchun, bugungi farovon kunlar uchun kurashgan ajdodlarimizga nisbatan yana bir bor faxr-u iftixorni his etdim, – deydi faxriy ustoz, dotsent Dilorom Xojimetova – Bu yo‘lda zahmat chekkanlarning mehnati ulug‘, jonini fido etganlarning xotirasi azizdir.


Ulashish:
941
Boshqa rubrikalarda mashhur

Default image
Tanishuv universitet foyesida rus tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ijro etilgan rus xalq qo‘shiqlaridan iborat musiqiy chiqishlar bilan boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va “Sinergiya” korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Sinergiya” korporatsiyasining vitse-prezidenti Yerofeyev Mixail Valeriyevich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev boshchiligida o‘tkazildi.