2024 yil Jizzax davlat pedagogika universiteti uchun sohaga oid yangiliklar, yutuqlar, va orzu-umidlarga boy kechdi. Quyida qisqa satrlarda 2024-yilda qilingan ishlar sarhisobi bilan tanishasiz.
2024 yilda Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘zining 50 yillik tantanalarini nishonladi.
“Universitet sari odimlar” sarlavhasi ostida kitoblar jamlanmasi tayyorlandi.
500 nafar kitobxon uchun mo‘ljallangan yangi kutubxona foydalanishga topshirildi. ARM binosi kitobxonlarga 7/24 rejimida xizmat ko‘rsatmoqda. 3-qavatda qurib foydalanishga topshirilgan avtomatlashtirilgan o‘quv zali 30 ming adabiyotlar va 40 mingdan ziyod kitoblarning elektron versiyalari bilan ta’minlangan.
«Universitet tarixi» muzeyi tashkil etildi. Muzeyda tarixiy qo‘lyozmalar, universitet qurilishi bilan bog‘liq hujjatlar va boshqa eksponatlar, bir so‘z bilan aytganda 50 yillik tarix mujassam
loyiha qiymati 3.07 milliard so‘mlik Zamonaviy va barcha sharoitlarga ega yopiq suzish havzasi professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ixtiyoriga berildi.
Yangi 600 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi ]
Universitetda 12 ta xalqaro va 6 ta respublika anjumani o‘tkazildi.
Universitetda 38 ta PhD dissertatsiyalari himoya qilindi va 22 nafar PhD dissertatsiyalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi.
Universitet 2024-yilda 8 ta xalqaro reytinglarda ishtirok etdi. Times Higher Education Dunyo universitetlari reytingida va Osiyo universitetlarida «Reporter» maqomi orqali reyting ishtirokchisiga aylandi. THE Impact Ranking reytingida 1500-o‘rinni qayd etdi. UI Green Metrics va Round University Ranking reytinglarida dunyo universitetlari orasida TOP-1000 talikda qayd etildi.
Universitet dunyodagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan 60 tasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
2024-yilda JDPUning o‘quv jarayonlariga 40 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb etildi. Shulardan 22 nafari xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hisoblanadi.
2024-yilda universitet byudjetidan tashqari mablag‘lari hisobidan 25 nafar professor-o‘qituvchilarning tanlov asosida xorijda malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi tashkil etildi.
2024 yilda universitetda Qirol Sejong koreys tili markazi ochildi. AQSH elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Fulbrayt dasturi mutaxassisi Sandra Israel faoliyat olib bormoqda.
2024/2025 o‘quv yilida 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 10 nafar talaba Navoiy, 1 nafar talaba Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi, 1 nafar Bobur nomli, 1 nafar Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari bo‘lishgan.
1 nafar talaba Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
10 nafar talaba Xalqaro fan olimpiadalari (1 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza) g‘olibi bo‘lishdi. 1 nafar talaba Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy maqolalar tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
6 nafar talaba “Universitet stipendiyasi” sohibi bo‘ldi. 2 nafar talaba “Ulug‘bek vorislari” loyihalar tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, 2 nafar talaba “Ulug‘bek jamg‘armasi” tomonidan tashkil etilgan tanlov g‘olibi bo‘ldi.
Universitetda iqtidorli talabalar uchun turli xildagi 98 ga yaqin ilmiy-ijodiy to‘garaklar tashkil qilingan.
JDPU talabasi Sarvinoz Hamidova pinchak-silat bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medal olgan birinchi ayol sportchi bo‘ldi.
Sportning Pinchak -silat turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Abu-Dabida bo‘lib otgan Jahon chempionatida JDPU talabalaridan 3 nafari bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Besh tashabbus olimpiadasi Respublika bosqichida JDPU Voleybol (o‘gil bolalar jamoasi) 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi,
JDPU Jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabasi Jasmin Tohirova boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatini kumush medal bilan yakunladi.