Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
06/04/2025
Chop etish
Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda KQKKNTB bo‘limi bosh mutaxassisi D.Bosimov ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida D.Bosimov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 8-oktyabrdagi 369-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish to‘g‘risida” buyrug‘i korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar keltirib o‘tdi.

Ushbu buyruqlining 1-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”ning 3-bob 2-paragrafi 13-bandida “Vazirlik xodimlariga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi doirasida jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘alar mehmondo‘stlik belgilari, jumladan qarz, kafolatlar, kafillik mukofotlar, moddiy yordam, naqd pulsiz va naqd pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari, qimmatbaho qog‘ozlar, kriptovalyuta, boshqa moddiy qadriyatlar yoki xizmatlar ko‘rinishidagi rag‘bat vositalarini olish taqiqlanadi” deb belgilab qo‘yilganligi va ushbu holatlarning salbiy oqibatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, akademik korrupsiya (akademik insofsizlik) va uning pulli va pulsiz ko‘rinishlarini qilmaslik, ochiq, shaffof, plagiat qilmagan ko‘rinishda ilmiy ishlar qilish va talabalarning ishlarini tekshirish, «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha tushunchalar berildi. Bundan tashqari, «Kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yo‘nalishlari (24 soat) » bo‘yicha online kurs. https://mk.bimm.uz/courses/view/4da qatnashish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Davra suhbati davomida o‘zaro savol javoblar, ayrim masalalar yuzasidan o‘zaro fikrlar almashildi.


Ulashish:
467
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 33-yilligi keng nishonlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tabiiy fanlar fakulteti iqtidorli talabalari o‘rtasida “Ekofotolavha” fototanlovi o‘tkazildi.
Tabiiy fanlar fakultetida iqtidorli talabalar o‘rtasida “Ekofotolavha” fototanlovi o‘tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar atrof-muhit, tabiat manzaralari va ekologik muammolarga bag‘ishlangan ijodiy fotolavhalari bilan qatnashdilar.
Universitetda navbatdan tashqari kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdan tashqari kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Marosim an’anaviy tarzda taqdirlash bilan boshlanib, universitet rektori Maqsudjan Yuldashev Aniq fanlar fakulteti dotsenti Fayzulla Hayitovni...