Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/09/2024
Chop etish
“Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda va Yangi O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim: kecha, bugun va ertaga” mavzusidagi Xalqaro miqyosidagi ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi.

Xalqaro miqyosidagi ilmiy-nazariy anjumanini xorijiy va hamdo‘stlik davlatlar, qo‘shni respublikalar 48 ta, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalaridan 100 dan ziyod maqolalar kelib tushdi. Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz, va qoraqalpoq tillarida qabul qilindi.

Anjumanni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘ayrat Qodirov ochib berdi.

Yosh avlodning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan to oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz bilim olishlari, kasb o‘rganishi uchun shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu borada, ayniqsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimini rivojlantirish, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb etish, maktabga tayyorlash masalalari ta’lim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri deb qaraldi. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash uchun, eng avvalo, qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratildi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar ana shu mavzularga alohida e’tibor qaratib yig‘ilganlarni universitetning 50 yilligi bilan tabriklashdi. Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston va Belorussiya kabi davlatlardan hamda mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan olimlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan anjuman Maktabgacha ta’lim fakultetining «Maktabgacha ta’lim metodikasi» kafedrasi tomonidan tashkil etildi.


Ulashish:
957
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.