Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/12/2025
Chop etish
Rektor “Zakovat” jamoasi faoliyatini qo‘llab-quvvatladi.

Joriy yilning 15–18 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan intellektual olimpiadada universitetning “Zakovat” jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, respublika miqyosida munosib natijani qayd etdi.

Shu munosabat bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev “Zakovat” jamoasi a’zolari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida shashka bo‘yicha o‘g‘il bolalar jamoasining respublika miqyosida 2-o‘rinni egallagani, “Breyn-ring” bahslarida esa kuchli jamoalarni mag‘lub etib, chorak finalgacha yetib borilgani alohida e’tirof etildi.

Muloqotda 2026 yildan boshlab universitet miqyosida mavsumiy intellektual o‘yinlarga start berilishi ma’lum qilindi. Bu tashabbus talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni ilmiy va mantiqiy fikrlashga keng jalb etish maqsadida tashkil etilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, universitet rektori jamoa murabbiyi va “Zakovat” jamoasi a’zolariga erishilgan natijalar uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishga ishonch bildirdi.


Ulashish:
3 247
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.