Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/07/2024
Chop etish
Rektor va yoshlar muloqoti: Mahalla yoshlari nima deydi?

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning puxta bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng-ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti tomonidan mahallalar yoshlari qo‘llab-quvvatlanayotganligi, ularning muammolarini hal etishga koʻmaklashilayotganligi ana shu yo‘nalishdagi ishlarga bir misoldir. Xususan, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Shavkat Sharipov “Bobur” mahallasida istiqomat qilayotgan 29 nafar yigit-qizlar biriktirilgan bo‘lib universitet rektori tez-tez ular bilan uchrashib, muloqotlar o‘tkazadi. Navbatdagi ana shunday uchrashuvlardan biri universitetdagi “Professorlar bog‘i”da bo‘lib o‘tdi. Universitet rektori o‘ziga biriktirilgan yordamga muhtoj alohida e’tibor talab etuvchi 4 nafar yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi.

Muloqot jarayonida yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, mahallalardagi ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, yoshlarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ijobiy hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda Sardor Majidovga haydovchilik guvohnomasi kerakligini, Nozima Eshmirzayeva Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonlarida maslahat olishi kerakligini, Diana Axmedovaning onasi farzandida hech qanday muammo yo‘qligini, oilaviy sharoitida ma’lum muammolar borligini va mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlashda amaliy yordam kerakligini, Mamlakat Axmedova esa bugungi kunda o‘zini-o‘zi band qilganligini va hech ehtiyoji yo‘qligini hamda universitet rektori Sh.Sharipovdan minnatdor ekanligini aytib o‘tdi.

Suhbat so‘ngiga qadar yoshlarning muammolari ijobiy yakun topdi. Jumladan, Sardor Majidovga haydovchilik guvohnomasini olishda universitet qoshida tashkil etilgan “Vatanparvar” kurslarida bepul qatnashishi uchun imkoniyat yaratildi. Diana Axmedovaning onasiga mutaxassisligidan kelib chiqib Fizika va texnologik ta’lim fakultetida ish bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Nozima Eshmirzayevaga Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonlarida turli maslahatlar berildi. Shundan so‘ng universitet rektori professor Sh.Sharipov uchrashuvga taklif etilgan yoshlariga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi. Universitet rektori biriktirilgan yoshlar bilan har oyda bir marta uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi va ularning muammolarini hal qilishda  imkoniyat darajasida yordam berishga va’da berdi.

– Men avtomobil haydashga juda qiziqaman, – deydi Sardor Majidov . – Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori universitet qoshida tashkil etilgan “Vatanparvar” haydovchilik o‘quv kurslarida bepul ta’lim olishimga imkoniyat yaratib berdi. Ushbu imkoniyatdan albatta, foydalanaman. Eng asosiysi, yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibordan behad xursandman.


Ulashish:
1 091
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va Jizzax akademik litseyi hamkorligida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti hamda Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34-yilligi hamda 14-yanvar —...
JDPU rektori doktorantlar bilan uchrashib, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet rektori Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich tayanch doktorantlar...
Oliy pedagogik ta’lim tizimini transformatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Oliy pedagogik ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda isloh qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan respublika seminarini...