Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/10/2025
Chop etish
“Rektor va talabalar” muloqoti: “Har bir daqiqa – yangi imkoniyat”- deydi Maqsudjon Yuldashev.

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-ma’rifiy salohiyatini oshirish, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, yangi g‘oyalar muhokamasiga bag‘ishlangan “Rektor va talabalar” uchrashuvi samimiy muloqotga aylandi.

Ochiq muloqotda universitet rahbariyati, Filologiya fakulteti ingliz tili yo‘nalishi talabalari, universitet qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Uchrashuvni universitet rektori, professor Maqsudjon Yuldashev ochib berdi. U o‘z so‘zida Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilarining yutuqlarini alohida e’tirof etib, yoshlarning respublika va xalqaro miqyosdagi turli tanlov hamda fan olimpiadalarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari ularning bilim salohiyati va intilishlarining yorqin namunasi ekanini ta’kidladi.

 

 

Xususan, litsey o‘quvchisi Rayhona Obloqulova Respublika fan olimpiadasining o‘zbek tili fanidan respublika bosqichida faxrli uchinchi o‘rinni egallagani, shuningdek, joriy yilning 21–27-sentyabr kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan TEENEAGLE xalqaro ingliz tili olimpiadasida litsey o‘quvchisi Abdulaziz Risqulov munosib ishtirok etib, kumush medal sohibi bo‘lgani ta’kidlandi.

Uchrashuv taqdirlash marosimi bilan davom etdi.

Uchrashuvning davomi taqdirlash marosimi bilan bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro olimpiada g‘olibi Abdulaziz Risqulov faxriy yorliq va 5 mln so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi. tadbirdan ruhlangan Abdulaziz TEENEAGLE olimpiadasidagi ishtirok taassurotlarini ingliz tilida bayon etdi, bu esa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.Tadbirda Filologiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Nu’monova Ruxshona ham so‘zga chiqib, Turkiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro fan olimpiadasidagi ishtirok taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Rektor ingliz tilida muloqot olib borishni taklif etdi.

Uchrashuvning ikkinchi qismi “Rektor va talabalar ochiq muloqoti” shaklida o‘tdi. Bu muloqotda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bevosita universitet rahbariyatiga yo‘lladilar, taklif va fikrlarini bayon etdilar. Eng qizig‘i talab yoshlar savol va takliflarini ingliz tilida bayon etishdi. Suhbat davomida yoshlar ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatlari, talabalarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, media klublar tashkil etish, startap loyihalarni rag‘batlantirish, xorijlik mutaxassisilar bilan dars jarayonlarni tashkil etish. ingliz tilidagi kitoblar bilan kutubxonani boyitish kabi dolzarb mavzularda fikr almashdilar.

Uchrashuv har bir ishtirokchi uchun o‘z fikrini erkin bildirish, takliflarini ilgari surish va ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish imkonini berdi.


Ulashish:
1 291
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.