Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/03/2025
Chop etish
Rasmiy axborot.

15-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Biz o‘qishni istaymiz, majburiy tadbirlarni emas” sarlavhasi ostida  post e’lon qilindi.

Ushbu postda  murojaatchilar “Talabalarni majburiy tadbirlarga jalb etilayotganini, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning darslarni o‘zlashtirishiga to‘sqinlik qilayotganini, Imtihonlarda esa talabalar adolatsiz va murakkab test savollari sabab qiynalib qolishayotganini, kontrakt to‘lovi masalasida inson sha’ni va qadr-qimmati toptalayotgani, ayrim tyutorlar talabalar bilan qo‘pol muomalada bo‘lishayotganini, universitet rahbariyati bu muammolarga e’tibor qaratishini” bayon qilishgan.Universitet rahbariyati ushbu murojaatda bildirilgan  e’tirozlar bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib boradi. O‘rganish natijalariga ko‘ra  tez fursatlarda rasmiy munosabat bildiradi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati.

Ulashish:
471
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektor tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.